Oʻzbekistonda inson huquqlari boʻyicha global forum oʻtkaziladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAziatskiy forum po pravam cheloveka v Samarkande
Aziatskiy forum po pravam cheloveka v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Milliy markazi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilda mamlakatda "Inson huquqlari sohasida taʼlim" global forumi oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda, unda inson huquqlari madaniyatini shakllantirishning yangi muammolari va vazifalari muhokama qilinadi.
TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida olimlar, davlat idoralari va xalqaro tashkilotlar ishtirokida Ilmiy-muvofiqlashtirish kengashi yigʻilishi oʻtkazildi. Tadbir doirasida Oʻzbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida yangragan inson huquqlari sohasidagi masalalar koʻrib chiqildi.
Situatsiya posle vыborov prezidenta v Respublike Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yangi Oʻzbekiston va Inson huquqlari
Tadbir davomida Oʻzbekistonning hozirgi bosqichidagi inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatiga alohida eʼtibor qaratildi.
"Oʻzbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari boʻyicha Kengashiga aʼzoligi ilmiy jamoatchilikka inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquqiy jarayonlarni tahlil qilish va bundan tadqiqot va taʼlim jarayonida keng foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi", -  deyiladi reliz matnida.
Shuningdek, respublika manfaatlarini xalqaro miqyosda ilgari surish inson huquqlarining xalqaro aspektida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni talab qilishi taʼkidlangan.
Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
“Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Milliy markazi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilda mamlakatda "Inson huquqlari sohasida taʼlim" global forumi oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda, unda inson huquqlari madaniyatini shakllantirishning yangi muammolari va vazifalari muhokama qilinadi.
Kutilishicha, tadbir gʻoya almashish va inson huquqlari sohasida taʼlim berish borasida eng yaxshi tajribaga aylanadi.
Eslatib oʻtamiz, 2021-yil BMT ning taʼlim va inson huquqlari sohasida deklaratsiyasi qabul qilinganining 10 yilligi nishonlanadi. Deklaratsiya 2011 yilning dekabrida BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan. 2019 yilda Oliy Majlis palatalarining qoʻshma qarori bilan hujjatda qayd etilgan nizomlarni amalga oshirish uchun "Yoʻl xaritasi" boʻyicha milliy rejalar dasturi tasdiqlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala