Gvineya prezidenti “Sputnik V” bilan emlandi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident Gvinei Alfa Konde
Prezident Gvinei Alfa Konde  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
82 yoshli Gvineya prezidenti Alfa Konde koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasi “Sputnik V” bilan emlandi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Gvineya prezidenti Alfa Konde koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasi “Sputnik V” bilan emlandi. Bu haqda “Guinéenews” telekanali xabar qildi.
Munxenskaya konferensiya po bezopasnosti - Sputnik O‘zbekiston
Serbiya 250 ming doza "Sputnik V" vaksinasiga buyurtma berdi - Vuchich
Konde kuni prezident qarorgohi Sekutureyada emlangan. U vaksinaning birinchi dozasini olgan. Gvineya Moskvadan “Sputnik V” vaksinasining 55 ta namunasini olgan. Avvalroq mamlakatda 19 nafar yuqori lavozimli amaldor, jumladan, mudofaa vaziri emlangandi.
“Sputnik V”: Nima uchun Rossiya vaksinasiga ishonch bildirishmoqda? - video
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Gvineyada 14 mingdan ziyod kishi COVID-19 bilan kasallangan. Shulardan 13,3 mingdan ziyod tuzalib ketgan. Jami 81 bemor koronavirusdan vafot etgan.
Yangiliklar lentasi
0