Rossiya yana to‘rtta davlat bilan muntazam parvozlarni tiklamoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPassajiri v zale vileta v aeroportu
Passajiri v zale vileta v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya 27-yanvardan Vyetnam, Hindiston, Finlyandiya va Qatar bilan xalqaro aviaqatnovlarni tiklashga qaror qildi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Rossiya 27-yanvardan Vyetnam, Hindiston, Finlyandiya va Qatar bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklaydi. Bu haqda mamlakatning koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish tezkor shtabi xabar qildi.
Passajiri v aeroportu Sheremetyevo - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2020-yilda rossiyaliklarning talabi yuqori bo‘lgan aviayo‘nalishlar uchligiga kirdi
Ushbu mamlakatlarga xalqaro reyslar haftasiga bir necha marta amalga oshiriladi.
“O‘tkazilgan muhokama yakuniga va alohida davlatlardagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda 27-yanvardan quyidagi davlatlar bilan aviaparvozlarni tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi: Vyetnam (Moskva – Xanoy, haftada ikki marta), Hindiston (Moskva – Dehli, haftada ikki marta), Finlyandiya (Moskva – Xelsinki, haftada ikki marta, Sankt-Peterburg – Xelsinki, haftada ikki marta), Qatar (Moskva – Doha, haftada uch marta)”, deyiladi xabarda.
Rossiya chegaralarini qachon ochadi – Putin javobi
Bundan tashqari, Misrga parvozlar soni haftasiga besh martagacha ko‘paytiriladi.
Yangiliklar lentasi
0