Hodisalar

Toshkentda loʻli nafaqaxoʻr ayolni katta pulga chuv tushirib ketdi

© SputnikPoproshayki v Tashkente
Poproshayki v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Loʻli xonadon egasining koʻzini shamgʻalat qilib, oʻzi bilan olib kelgan qoʻgʻirchoq va arabcha yozilgan qogʻozlarni hovliga tashlab qoʻygan. Keyin uyni “tozalagani” uchun 12,5 mln soʻmlik tilla-taqinchoqlarni olgan.
TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Toshkent shahri Yakksaroy tumanida 60 yoshli fuqaroning 12,5 million soʻmini aldov yoʻli bilan oʻzlashtirgan firibgar qoʻlga olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qilmoqda.
Nasiliye - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
“Oʻgʻlimni oʻzingga isitib olding”: Toshkentda bir ayolni uch kishi qiynoqqa soldi
Aniqlanishicha, 2020 yilning 29 oktyabr kuni loʻli millatiga mansub boʻlgan ayol tumandagi Toshbuloq koʻchasida joylashgan xonadonlarning biriga kirgan. Xonadon egasi N.A.ga uyiga duo oʻqilganligi aytib, qoʻllarida boʻlgan ikki dona ayol va erkak qoʻgʻirchoqlari va oʻzi bilan olib kelgan arabcha yozilgan qogʻozlarni xonadon hovlisiga tashlab qoʻygan. Keyin unga uyini “tozalab” berishni aytgan va  “xizmati” evaziga  12,5 mln soʻmlik  tilla-taqinchoqlarni olib ketgan.
Tergov-tezkor harakatlari davomida mazkur jinoyatni 58 yoshli G.M. sodir etganligi aniqlagan.
Hozirga unga Oʻzbekiston JKning firibgarlik moddasi nisbatan ayblov eʼlon qilingan va tegishli sudlovda koʻrib chiqish uchun tuman prokuraturasiga yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala