Jamiyat

Haydovchilikka oʻqiyotgan shaxslarning davomati onlayn nazorat qilinishi mumkin

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishTeoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF
Teoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda haydovchilik guvohnomasini olmoqchi boʻlganlarning davomati va oʻquv jarayonini onlayn nazorat qilish yoʻlga qoʻyilishi mumkin.
TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. 2021 yilda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (DYHXBB) sohasida amalga qator istiqbolli rejalar amalga oshirilishi kutilmoqda.
Voditelskoye udostovereniye Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 2021 yil yakunigacha uzaytirilgan – DXA
IIV Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga koʻra, haydovchilik guvohnomasini olish uchun oʻqiyotgan nomzodlar davomati va oʻquv jarayonini onlayn tarzda nazorat qilish tizimini yaratish rejalashtirilmoqda. 
Bundan tashqari, 2021 yilda transport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda arizalarni onlayn yuborish ham joriy etilishi kutilmoqda. Toʻlovlarni esa toʻliq billing tizimiga oʻtkazish moʻljallangan. Bu fuqarolarning sababsiz kutib qolishlarining oldini olishga yordam berishi aytilmoqda.
Eslatab oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2021 yil 1 apreldan tadbirkorlar haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon oʻtkazish huquqiga ega boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala