Jamiyat

Izgʻirin ob-havo hafta oxirida Oʻzbekistonga qaytadi

© AFP 2018 / Pascal Pochard-CasabiancaAvtomobil proyezjayet pod pokrыtыmi snegom derevyami na Korsike
Avtomobil proyezjayet pod pokrыtыmi snegom derevyami na Korsike  - Sputnik Oʻzbekiston
23 yanvar kuni antitsiklon mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi. Yogʻingarchilik ehtimoli kam boʻlishiga qaramasdan havo juda sovuq boʻladi.
TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Haftaning birinchi yarmida havo bahoriy iliq boʻladi, ammo haftaning oxiriga kelib, qishki ob-havo Oʻzbekistonga qaytadi. Bu haqda Oʻzgidromet maʼlum qildi.
19 yanvarda respublika hududlarining koʻp qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining baʼzi joylarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.
20 yanvarda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida qor yomgʻirga aylanadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
21 yanvarda respublika hududlarining koʻp qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida qor yogʻadi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin.
19-21 yanvarda harorat oʻzining koʻp yillik qiymatlaridan 8-10 darajaga yuqori boʻladi va kechalari 0-5 daraja iliqni, kunduz kunlari 11-16 daraja iliqni tashkil etadi.
22 yanvarda ob-havo keskin oʻzgara boshlaydi, buning sababi sovuq antitsiklondir. U mamlakat hududlariga qor va sovuq haroratlarni olib keladi. Nam havo massalari Volga boʻyi hududlaridan kirib keladi. Respublika boʻyicha qor yogʻadi, faqat mamlakatning shimoliy hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliqni tashkil etadi.
23 yanvarda antitsiklon mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi, yogʻingarchilik boʻlishi ehtimoli kam, lekin juda sovuq boʻladi. Havo harorati kechasi 5-10 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliqni tashkil etadi. Oʻrtacha kecha-kunduzlik havo harorati meʼyordan 6-8 darajaga past boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala