Markaziy Osiyoda birinchi: Turkmaniston "Sputnik V" vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVaksina Sputnik V
Vaksina Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkmaniston Sog‘liqni saqlash va tibbiy sanoat vazirligi Rossiyaning “Sputnik V” koronavirusga qarshi vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Turkmaniston Sog‘liqni saqlash va tibbiy sanoat vazirligi Rossiyaning “Sputnik V” koronavirusga qarshi vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi, deb xabar qildi Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi.
Jamg‘armada mamlakat hududida “Sputnik V” ro‘yxatga olish tezlashtirilgan protsedura doirasida, qo‘shimcha klinik tadqiqotlarsiz amalga oshirilganligini ta’kidlandi.
Bundan avval, vaksina xuddi shu protsedura bo‘yicha Argentina, Boliviya, Venesuela, Paragvay, Serbiya, Jazoir va Falastinda ro‘yxatdan o‘tkazilgandi.
Jamg‘arma rahbari Kirill Dmitriyev ta’kidlashicha, Turkmaniston Markaziy Osiyoda “Sputnik V”ni rasman tasdiqlagan birinchi mamlakat bo‘ldi.
"Hamkorlar bugungi kunda koronavirusga qarshi kurashda dunyodagi yetakchi preperatlardan biri bo‘lgan va dunyoning turli mintaqalaridagi davlat nazorat organlari tomonidan tasdiqlangan vaksinaning xavfsizligi va samaradorligini yuqori baholadilar", - dedi u.
V Kazaxstane nachalos proizvodstvo vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston “Sputnik V” vaksinasini tezkor sertifikatsiyalash ustida ish olib bormoqda
“Sputnik V” vaksinasi Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi tomonidan Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Preparat insonning adenovirus vektorli platformasiga asoslangan bo‘lib, uning muhim afzalliklari - xavfsizlik, samaradorlik va uzoq muddatli salbiy oqibatlarning yo‘qligi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, o‘tkazilgan tadqiqotda yakuniy nazorat nuqtasida ma’lumotlarni tahlil qilish natijalariga ko‘ra, uning samaradorligi 91,4 foizni, og‘ir holatlarda esa yuz foizni ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyevga ko‘ra, O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasini tezkor sertifikatsiyalash ustida ish olib borilayotgani va uni chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani to‘g‘risida xabar bergandik.
Yangiliklar lentasi
0