Rossiya

Navalniy bilan bogʻliq holat boʻyicha jinoyat ishini qoʻzgʻatishga asos yoʻq - Lavrov

© AP Photo / Evgeny FeldmanAleksey Navalnыy
Aleksey Navalnыy - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada Aleksey Navalniy bilan sodir boʻlgan voqea yuzasidan jinoiy ishini ochish uchun asos yoʻq - Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Rossiyada Aleksey Navalniy bilan sodir boʻlgan voqea yuzasidan jinoiy ishini ochish uchun asos yoʻq, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"Navalniy tahlillarida harbiy moddalar bilan zaharlanish haqida gapiradigan hech narsa topmaganligimiz sababli, kimdir buning aksi haqida aytganidan qatʼiy nazar, qonunchiligimiz boʻyicha jinoiy ishini qoʻzgʻatish uchun asos yoʻq", - dedi Lavrov matbuot anjumanida.
Avvalroq Lavrov Gʻarb davlatlarining Navalniyni ozod qilish haqidagi chaqiriqlariga izoh berar ekan, ularning maqsadi - liberal rivojlanish modeli yuzaga kelgan eng chuqur inqirozdan eʼtiborni chalgʻitish ekanligini aytgan edi.
Qidiruvga eʼlon qilinayotgan Navalniy yakshanba kuni Germaniyadan Rossiyaga qaytib keldi. U aeroportda hibsga olindi. FSIN taʼkidlashicha, Navalniyga nisbatan boshqa ehtiyot choralari sud tomonidan belgilanadi, sud qaroriga qadar u hibsda boʻladi.
Aleksey Navalniy 20 avgust kuni samolyotda oʻzini yomon xis qilgandan keyin Omskdagi kasalxonaga yotqizildi. Shifokorlar modda almashinuvi buzilishi, qonda shakar darajasining keskin pasayishiga olib keldi. Bunga nima sabab boʻlganligi hali aniq emas, ammo Navalniyning qoni va siydigida zahar izlari topilmadi.
Aleksey Navalnыy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Navalniy ishi: Rossiya Yevropa Ittifoqiga qarshi sanktsiya qoʻlladi
Keyinchalik Navalniy davolanish uchun Germaniyaga olib ketiladi. Sentyabr oyi boshida Germaniya hukumati rossiyalik "Novichok" jangovar moddasi bilan zaharlanganligini eʼlon qildi. Moskva Berlin laboratoriyasidan olingan tahlillar natijalari batafsil maʼlumot olish uchun soʻrovnoma yubordi, ammo javob kelmadi.
Shu bilan birga, Germaniya BND-razvedka xizmati 1990 yildan beri boshlab ushbu moddadan foydalana olgani maʼlum. Ushbu modda, shuningdek, 20ta gʻarb davlatlari, xususan, Buyuk Britaniya, AQSH, Shvetsiya, Chexiya tomonidan oʻrganilgan. Rossiya 1992 yildagi prezident farmoniga binoan kimyoviy qurol sohasida ishlanmalarni toʻxtatgan, 2017 yilda esa bu singari moddalarning barcha zaxirasini yoʻq qilgan, bu holat OZXO tomonidan tasdiqlangan.
Oktyabr oyi boshida OZXO Navalniy organizmida topilgan moddalar taqiqlangan dorilar roʻyxatida yoʻqligini eʼlon qildi. Biroq, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi cheklovlarni joriy qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala