Iqtisod

Oʻtgan yili Oʻzbekistonga 6 mlrd dollardan ziyod pul oʻtkazmalari joʻnatildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы
Denejnыe kupyurы - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirus pandemiyasiga qaramay, respublikaga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul oʻtkazmalar hajmi 2019 yilga nisbatan 17 mln dollarga yoki 0,3% foizga oshgan.
TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. 2020 yilda Oʻzbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul oʻtkazmalari  hajmi 6,03 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, pul oʻtkazmalari hajmi 2019 yilga nisbatan 17 mln dollarga yoki 0,3% foizga oshgan.
Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari miqdori 1,20 mlrd. dollarga yetgan. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 157 mln dollarga yoki 15 foizga oshdi.
Natijada xalqaro transchegaraviy pul oʻtkazmalari boʻyicha ijobiy saldo 4,83 mlrd dollarga yetgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala