O‘zbek mumtoz qo‘shiqchiligining yirik vakili vafot etdi

© Press-slujba Minkulturi UzbekistanaZaslujenniy artist Uzbekistana i Karakalpakstana Raxmatjon Kurbonov
Zaslujenniy artist Uzbekistana i Karakalpakstana Raxmatjon Kurbonov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Lazgi” ansambli va Xorazm san’atining ustunlaridan biri Rahmatjon Qurbonov vafot etdi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbek mumtoz qo‘shiqchiligining yirik vakili, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Rahmatjon Qurbonov vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Sohir ovoz sohibi Rahmatjon Qurbonov o‘z ijodiy faoliyati davomida san’at ixlosmandlari qalbini zabt etishi barobarida, o‘zbek milliy-mumtoz qo‘shiqchilik san’ati rivojiga munosib hissa qo‘shgan. Ayniqsa “Lazgi” ansambliga rahbarlik qilgan yillarda Xorazm mumtoz qo‘shiqlari va raqslari respublika hamda dunyo uzra yanada kengroq tarannum etildi.
Qurbonov asl san’at durdonalaridan “Chorgoh”, “Talqini Rost”, “Katta suvora”, “Chapandozi suvora”, “Bazirgoniy”, “Qaro ko‘zim”, “Nasrulloyi”, “Maxsus”, “Feruz-1”, “Feruz-II”, “Orazibon” kabi ko‘plab maqom hamda mumtoz ashulalarni yuqori saviyada ijro etgan.
Rahmatjon Qurbanov ko‘p yillar O‘zbekiston davlat filarmoniyasi “Lazgi” ashula va raqs ansambli rahbari lavozimida mehnat qildi va ushbu ansambl faoliyatini samarali boshqardi. 
U “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
“Xorazm viloyati filarmoniyasi direktori, benazir ustoz, Xorazm san’ati ustunlaridan biri Rahmatjon Qurbonovning vafoti munosabati bilan marhumning oila- a’zolariga hamda yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz!”, - deya yozdi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.
Yangiliklar lentasi
0