O‘zbekiston “Sputnik V” vaksinasini tezkor sertifikatsiyalash ustida ish olib bormoqda

© Sputnik / Mediabankka o‘tishV Kazaxstane nachalos proizvodstvo vaksini "Sputnik V"
V Kazaxstane nachalos proizvodstvo vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish, emlash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish, emlashni boshlashni o‘z ichiga qamrab olgan yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasini tezkor sertifikatsiyalash ustida ishlanmoqda va uni chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev ma’lum qildi.
Ministr zdravooxraneniya RUz Abduxakim Xadjibayev o tom, kak idut peregovori po vaksine Sputnik V  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya vaksinasi samarali ekanini tushunamiz – Xadjibayev “Sputnik V” haqida
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bilan “Sputnik V” vaksinasi bo‘yicha muntazam muloqotlar amalga oshirmoqda.
Yusupaliyev “Sputnik V” vaksinasini mamlakatga olib kelinishi, ro‘yxatdan o‘tkazilishi, emlash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish, tibbiyot xodimlarni o‘qitish, emlashni boshlash tadbirlarini o‘z ichiga qamrab olgan yo‘l xaritasi ishlab chiqilganini ma’lum qildi. Ularni hamkorlikda amalga oshirilishini inobatga olgan holda imzolash uchun Rossiyaga yuborilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik O‘zbekiston
Yangi yil, vaksina va YeOII: Mirziyoyev va Putin muloqoti haqida
Hozirda ushbu vaksinaning yaroqliligi, xavfsizligi va sifati yuzasidan laboratoriya tekshirishlarini o‘tkazish maqsadida Rossiya ishlab chiqaruvchilaridan maxsus tekshiruv testlari va reagentlar so‘ralgan. Ushbu reagentlar va testlar kelgandan so‘ng, qisqa muddat ichida tekshiruvlar o‘tkazilib, vaksina yaroqliligi va xavfsizligi to‘g‘risida xujjat taqdim etiladi va uni respublikada ishlatish mumkinligi to‘g‘risida xulosa qilinadi.
“Bir vaqtning o‘zida “Sputnik V” vaksinasini tezkor sertifikatsiyalash masalasi ustida ishlanmoqda va O‘zbekistonda vaksina ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha ham muzokaralar olib borilmoqda”, - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatga olingan “Sputnik V” vaksinasi namunalarini O‘zbekistonga dekabr oyida xizmat safari bilan bo‘lgan Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov shaxsan olib kelgan edi.
Yangiliklar lentasi
0