Oʻzbekistonga 100 ming doza Pfizer/Biotech vaktsinasini olib kelinadi
Oʻzbekistonga 100 ming doza Pfizer/Biotech vaktsinasini olib kelinadi
Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Xalqaro emlash tashkiloti bilan hamkorlikda mamlakat aholisining 20 % miqdorida vaktsinaga buyurtma bergan. 18.01.2021, Sputnik Oʻzbekiston
TOSHKENT, 18 yanv – Sputnik. Oʻzbekistonga AQSH va Germaniya kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan vaktsina keltiriladi deb xabar qilmoqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshligʻi Bahodir Yusupaliyev.Xabarda aytilishiga koʻra, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi GAVI (Emlash va immunizatsiya boʻyicha global alyans) tashkiloti bilan hamkorlik doirasida mamlakat aholisining 20 % miqdorida vaktsinaga buyurtma bergan.Eslatib oʻtamiz, Pfizer/Biotech vaktsinasini uzuluksiz ravishda yuqori sovuqlik -70 ℃ haroratda saqlash talab etiladi. Ushbu munosabat bilan GAVI tashkiloti tomonidan Oʻzbekistonga 17ta katta xajmdagi refrijeratorlar va 206ta yuk tashuvchi miniven avtotransport vositalari taqdim etilgan.Maʼlumot uchun, Rossiyada ishlab chiqilgan Sputnik V vaktsinasini -17 daraja haroratda saqlash talab etiladi. Bugungi kunda ushbu vaktsina bilan emlanganlar soni 1 milliondan oshgan, vaktsinaning salbiy oqibatlari kuzatilmagan.
Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Xalqaro emlash tashkiloti bilan hamkorlikda mamlakat aholisining 20 % miqdorida vaktsinaga buyurtma bergan.
TOSHKENT, 18 yanv – Sputnik. Oʻzbekistonga AQSH va Germaniya kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan vaktsina keltiriladi deb xabar qilmoqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshligʻi Bahodir Yusupaliyev.
Xabarda aytilishiga koʻra, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi GAVI (Emlash va immunizatsiya boʻyicha global alyans) tashkiloti bilan hamkorlik doirasida mamlakat aholisining 20 % miqdorida vaktsinaga buyurtma bergan.
— Hozirda GAVI tashkiloti bilan hamkorlikda Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi Comirnaty vaktsinasini Oʻzbekistonga 100 ming doza miqdorida olib kelinishi boʻyicha ishlar olib borilmoqda, — deydi Yusupaliyev.
Eslatib oʻtamiz, Pfizer/Biotech vaktsinasini uzuluksiz ravishda yuqori sovuqlik -70 ℃ haroratda saqlash talab etiladi. Ushbu munosabat bilan GAVI tashkiloti tomonidan Oʻzbekistonga 17ta katta xajmdagi refrijeratorlar va 206ta yuk tashuvchi miniven avtotransport vositalari taqdim etilgan.
Maʼlumot uchun, Rossiyada ishlab chiqilgan Sputnik V vaktsinasini -17 daraja haroratda saqlash talab etiladi. Bugungi kunda ushbu vaktsina bilan emlanganlar soni 1 milliondan oshgan, vaktsinaning salbiy oqibatlari kuzatilmagan.