O‘zbekistonga 100 ming doza Pfizer/Biotech vaksinasini olib kelinadi

© REUTERS / Gonzalo FuentesFlakon s vaksinoy Pfizer/BioNTech ot COVID-19
Flakon s vaksinoy Pfizer/BioNTech ot COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Xalqaro emlash tashkiloti bilan hamkorlikda mamlakat aholisining 20 % miqdorida vaksinaga buyurtma bergan.
TOShKENT, 18 yanv – Sputnik. O‘zbekistonga AQSh va Germaniya kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan vaksina keltiriladi deb xabar qilmoqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev.
Xabarda  aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi GAVI (Emlash va immunizatsiya bo‘yicha global alyans) tashkiloti bilan hamkorlik doirasida mamlakat aholisining 20 % miqdorida vaksinaga buyurtma bergan.
— Hozirda GAVI tashkiloti bilan hamkorlikda Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi Comirnaty vaksinasini O‘zbekistonga 100 ming doza miqdorida olib kelinishi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, — deydi Yusupaliyev.
Eslatib o‘tamiz, Pfizer/Biotech vaksinasini uzuluksiz ravishda yuqori sovuqlik -70 ℃ haroratda saqlash talab etiladi. Ushbu munosabat bilan GAVI tashkiloti tomonidan O‘zbekistonga 17ta katta xajmdagi refrijeratorlar va 206ta yuk tashuvchi miniven avtotransport vositalari taqdim etilgan.
Ma’lumot uchun, Rossiyada ishlab chiqilgan Sputnik V vaksinasini -17 daraja haroratda saqlash talab etiladi. Bugungi kunda ushbu vaksina bilan emlanganlar soni 1 milliondan oshgan, vaksinaning salbiy oqibatlari kuzatilmagan.
Yangiliklar lentasi
0