Rossiya

AQSH har doim zoʻravonlik harakatlarini qoʻllab-quvvatlagan – Volodin

© REUTERS / Shannon StapletonUchastniki aktsii protesta storonnikov deystvuyuщego prezidenta SSHA Donalda Trampa u zdaniya kongressa v Vashingtone
Uchastniki aktsii protesta storonnikov deystvuyuщego prezidenta SSHA Donalda Trampa u zdaniya kongressa v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya har doim zoʻravonlik harakatlariga qarshi boʻlgan, AQSH esa, aksincha, bunday choralarni ragʻbatlantirgan - Vyacheslav Volodin.
TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Rossiya har doim zoʻravonlik harakatlariga qarshi boʻlgan, AQSH esa, aksincha, bunday choralarni ragʻbatlantirgan. Bu haqda Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin seshanba kuni Davlat Dumasining yalpi majlisida aytdi.
Plenarnoye zasedaniye Gosdumы RF - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya
AQSH MDH davlatlaridan ochiq va raqobatbardosh saylovlarni oʻrgansa boʻladi - Volodin
Uning soʻzlariga koʻra, AQSH siyosiy elitasi koʻp yillar davomida amerikaliklarni irqiy, diniy, gender tamoyillari boʻyicha bir-biriga qarshi qoʻygan: prezident saylovlari vaqtida "har ikki tomon uchun oʻta keskin va xavfli xarakterga ega boʻldi".
Bu vositalardan bir siyosiy kuchning foydalanishi boshqa tomon tarafdorlarini radikallashishiga olib kelmasligi mumkin emas, dedi Davlat Dumasi spikeri. Bunday holat - prezidentlikdan ketayotgan prezident tarafdorlarida yuz berdi, deb qoʻshimcha qildi u.
"Biz har doim bunga qarshi boʻlganmiz va bunga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi deb hisoblaymiz. AQShning yetakchi ikki partiyasi oʻrtasida yuzaga kelgan hokimiyat uchun kurash parlamentni ishgʻol qilinishiga va odamlarning qurbon boʻlishiga olib keldi. Biz har doim, bugun ham buni taʼkidlamoqchimanki, zoʻravonlik, konstitutsiyaga zid harakatlarga qarshi chiqqanmiz, AQSH esa, aksincha, dunyoning koʻplab mamlakatlarida ushbu jarayonlarni qoʻllab-quvvatlashgan, ularning suveren ishlariga aralashgan", - dedi Volodin.
Davlat Dumasi spikeri taʼkidlashicha, Yevropada, postsovet hududida, Yaqin Sharq, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasida ruxsat etilmagan namoyish ishtirokchilari Vashington tomonidan ozodlik va demokratiya uchun kurashchilar deb chaqirilgan.
"Xuddi shu narsa AQShning oʻzida sodir boʻlganida, ular bu odamlarni ichki terrorchilar deb atashdi, ularga 15-20 yil qamoq jazosi berilishi mumkin. Bular haqiqiy siyosiy mahbuslar boʻladi. Kelinglar, hamma narsani oʻz nomi ila atash kerak", - deb qoʻshimcha qildi Davlat Dumasi spikeri.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala