Hodisalar

Andijonda erkak soʻkingan qoʻshnisini ketmon bilan urib oʻldirdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishSIZO
SIZO - Sputnik Oʻzbekiston
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, fuqaro D.B JPKning 221-moddasiga asosan protsessual tartibda ushlangan.
TOSHKENT, 19 yanv - Sputnik. Andijonlik erkak qoʻshnisini soʻkingani uchun ketmon bilan urib oʻldirdi. Bu haqda Andijon viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Suv omboridagi qotillik: Namanganda ayol ikki farzandini oʻldirib, soʻng oʻz joniga qasd qildi
Xabarda aytilishicha, 14 yanvar kuni kechki vaqt yuz bergan.
Soat 20:30larda qoʻshnisi D.B.ni baland ovozda haqoratli soʻzlar bilan soʻkkanligi sababli D.B va I.D oʻzaro janjallashgan. Janjal  oqibatida ketmon bilan I.D.ning jagʻ sohasiga bir marta urib, uni qasddan oʻldirgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, fuqaro D.B JPKning 221-moddasiga asosan protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.  
Sodir etilgan jinoyatni Baliqchi tumanida istiqomat qiluvchi aholi vakillariga taʼsirchan usullarda yetkazish maqsadida muhokama yigʻilishi oʻtkazildi. Andijon viloyati IIB tashabbusi bilan oʻtkazilgan muhokamada ushbu jinoyatning kelib chiqish sabablari tub ildizigacha tahlil qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala