Koronavirus: 10ta hududda yangi holatlar aniqlandi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishTestirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 v Moskve
Testirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 55 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 78 091 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
V Kazaxstane nachalos proizvodstvo vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston "Sputnik V" bilan muddatdan oldin emlashni boshlaydi
Bir sutka davomida 55 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 78 091 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: 5 nafari Andijon viloyatida, 2 nafari Buxoro viloyatida, 1 nafari Jizzax viloyatida, 4 nafari Namangan viloyatida, 3 nafari Samarqand viloyatida, 5 nafari Sirdaryo viloyatida, 2 nafari Surxondaryo viloyatida, 3 nafari Xorazm viloyatida, 7 nafari Toshkent viloyatida, 23 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 76 585 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizga yetdi.
Ayni paytda  886 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 886 nafar bemordan 158 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

O‘lim holatlari

1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. O‘zbekistonda jami 620 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 95,0 milliondan oshdi, 2,0 milliondan ortiq  kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (23,9 mln), Hindistonda (10,6 mln), Braziliyada (8,5 mln).
Yangiliklar lentasi
0