OAV: “Yuventus” Shomurodov transferi masalasida “Jenoa” bilan muloqot qildi

© AP / Stefano NicoliEldor Shomurodov
Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi paytlarda Italiya OAVlarida “Yuventus” Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlar tez-tez ko‘zga tashlanmoqda.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Italiyaning “Yuventus” klubi “Jenoa”da to‘p surayotgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning ehtimoliy o‘tishi borasida muloqot qildi. Bu haqda “Salciomercato” nashri xabar qilmoqda.
Eldor Shomurodov vo vremya igri - Sputnik O‘zbekiston
Fenomen va Jenoaning so‘nggi umidi – Italiya OAVi Shomurodovdan hayratda
Qayd etish joizki, so‘nggi paytlarda Italiya OAVlarida “Yuventus” Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlar tez-tez ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, “Tuttosport” nashri birinchilardan bo‘lib Shomurodovning xizmatlariga “Yuventus”dan jiddiy qiziqish mavjudligi va unga Alvaro Morataning o‘rinbosari sifatida qaralayotgani haqida yozdi. Turinliklar sport direktori Fabio Paratichi jamoaga ko‘rsatkich hamda salohiyati Krishtianu Ronaldu, Paulo Dibala va Alvaro Moratanikidan farq qiladigan to‘rtinchi hujumchini olib kelmoqchi.
Keyinchalik Fabio Paratichi klubning Eldor Shomurodovga bo‘lgan qiziqish haqidagi xabarlarga munosabat bildirib, hozircha jamoani o‘zbek forvardi yordamida kuchaytirishga ehtiyoji yo‘qgini ma’lum qilgandi. Agar bozorda istiqbolli imkoniyatlar paydo bo‘lsa, ulardan foydalanishlarini istisno qilmagandi.
Shomurodov oktabr oyida Rossiyaning “Rostov” klubidan Italiyaning “Jenoa” klubiga o‘tgandi. U yangi jamoada hozirga qadar 12 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0