Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Rossiya

Patent va tibbiy koʻrik: IIV migratsiya tizimini raqamlashtirish loyihasini tayyorlamoqda

Ichki ishlar vazirligi Rossiyaning butun migratsiya tizimini raqamlashtirish boʻyicha loyihani ishlab chiqmoqda.
TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi bir yil ichida Rossiya Federatsiyasining butun migratsiya tizimini raqamlashtirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini koʻrib chiqish uchun Davlat Dumasiga taqdim etishni rejalashtirmoqda, dedi Rossiya Ichki ishlar vazirligi migratsiya bosh boshqarmasi tashqi mehnat migratsiyasi boʻlinmasi boshligʻining oʻrinbosari Pavel Dutov.
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Oilali migrantlarni “deport” qilmaslik taklif etildi
Dutov Davlat Dumasida sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha boʻlib oʻtgan yigʻilishida aytganidek, raqamli texnologiyalardan foydalanish IIV uchun juda muhim. Shu munosabat bilan vazirlik "yaqin kelajakda, 1-1,5 yil ichida “butun migratsiya tizimini raqamlashtiragan” yangi qonun loyihasini Davlat Dumasiga taqdim etadi.
Joriy yilda vazirlik real vaqt rejimida idoralar oʻrtasida maʼlumot almashish imkonini beradigan tizimni ishga tushiradi. Xususan, patent olishda politsiyaga taqdim etilgan migrantlarning tibbiy maʼlumotnomalar tekshiriladi.
Rossiya sanitariya-epidemiologiya xarakterdagi federal axborot tizimini yaratishi mumkin, unga xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning tibbiy koʻrik natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Davlat Dumasi hukumat tayyorlagan qonun loyihasini bahorgi sessiya davomida koʻrib chiqishni rejalashtirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala