Rossiya S-400 tizimlari to‘rtinchi mamlakatni “egallab olmoqda”: keyin nima bo‘ladi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishPolk S-400 zastupil na boyevoe dejurstvo v Krimu
Polk S-400 zastupil na boyevoe dejurstvo v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning S-400 zenit raketa tizimlari yangi mamlatlarni qamrab olishda davom etmoqda. Yana bir davlat uni xarid qilish arafasida.
Xitoy, Turkiya, Hindistondan keyin Belarus Respublikasining Harbiy havo kuchlari (HHK) va havo hujumiga qarshi mudofaasi “Triumf”larni qayta qurollanishga olishga hozirlik ko‘rmoqda. Iroq, Qatar va Marokko ham S-400 tizimlarini xarid qilish jarayonida. S-400 ZRTning dunyo bo‘ylab muvaffaqiyatining asosi – muqobili yo‘qligi, nodir jangovar xususiyatlarida.
S-400 “Triumf” v deystvii - effektnie kadri ispitaniy ot Minoboroni Rossii - YouTube - Sputnik O‘zbekiston
S-400 qanday qilib nishonni aniq mo‘ljalga olmoqda – video
Belarus Respublikasi Qurolli kuchlarining Harbiy havo kuchlari va havo hujumiga qarshi mudofaasi qo‘mondoni genaral-mayor Igor Golub 14-yanvar kuni kelajakda havo hujumiga qarshi mudofaa bo‘linmalari AQSh HHKning F-22 va F-35 beshinchi avlod qiruvchilarining jangovar imkoniyatlarini inobatga olgan holda maxsus ishlab chiqilgan eng yangi “Triumf” S-400 tizimlarini qayta qurollanishga olishini ma’lum qildi (NATO Yevropada yuzlab F-35larni yoyishni rejalashtirmoqda).
Bundan tashqari, qo‘shinlarda “Pansir-S” zenit raketa to‘p majmualarini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnomadan oldingi ishlar olib borilmoqda. MI-35 ko‘p mo‘ljalli zarba vertolotlari va SU-30SM qiruvchilarining ikkinchi partiyasini yetkazib berish uchun shartnomalar tuzilgan.  Belarus qo‘shinlari 2021-yilda “Protivnik-G” va “Vostok” yangi radarlarini qurollanishga qabul qiladi.
Zenitno-raketniy kompleks S-400 Triumf - Sputnik O‘zbekiston
Pushkov: Ar-Riyodning S-400 sotib olishi AQSh uchun “yoqimsiz yangilik”
Avvalroq mamlakatning havo maydonini muhofaza qilish jangovar navbatchiligiga (Baranovichi hududida) Rossiyaning “Sopka-2” yangi uch koordinatli radiolokatsiya majmuasi turgan edi. G‘arb sanksiyalari va iqtisodiy qiyinchilik Belarus armiyasi uchun Rossiyani muqobilsiz qurol-yarog‘ yetkazuvchi qiladi.
Belarus osmoni har qanday tajovuzkor uchun o‘tib bo‘lmaydigan darajada mustahkamlanmoqda. HHK va havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlari dushman tomonidan raketa quroli va dronlar qo‘llanishida Suriya, Liviya va Qorabog‘ tajribasini inobatga olib, eng murakkab vaziyatda jangovar vazifalarni hal qilishni o‘rganmoqda.

Umid va ishonchga to‘la sur’at

Rossiya bilan faol harbiy texnika hamkorlik dunyoning ellikta, jumladan, MDHdagi yettita mamlakatning xavfsizligi va suvereniteti mustahkamlamoqda. Xorijlik mutaxassislar Rossiyaning jangovar samolyotlari va havo hujumiga qarshi mudofaasini eng samarali himoyalanish vositasi deb hisoblashadi.
Xitoy “Triumf” 400-S zenit raketa tizimlarining birinchi xorijiy buyurtmachisi bo‘ldi. Xitoy ikkita “Triumf” polk majmualarini yetkazib berish uchun Rossiya bilan shartnoma imzolagani 2014-yil noyabrida ma’lum bo‘ldi.
Xitoy mutaxassislari 2018-yil dekabrida “Triumf”lardan muvaffaqiyatli o‘q uzishdi, 250 km masofadagi ballistik nishonni yakson qilishdi. S-400ning ikkinchi polk majmuasini Xitoy 2019-yil dekabrida oldi. 400 km masofadagi harakatlar (dunyodagi hech qanday raketa tizimi buni qila olmaydi), dushmanning uzoq masofadagi radiolokatsiyasini aniqlash va boshqarish (DRLO) samolyotlarini yo‘q qilish qobiliyatini Xitoy Rossiya “Triumf”larining asosiy afzalliklari deb hisoblaydi. S-400 tizimlari XXR atrofidagi periferiya va bahsli hududlarni ishonchli nazorat qilishga imkon beradi.
Divizion S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
Anqaraning tanlovi ayon: ekspert S-400 ikkinchi polkini Turkiyaga yetkazib berilishi haqida
Rossiya va Turkiya “Triumf” S-400 ZRTlarini yetkazib berish to‘g‘risida 2017-yilda kelishib oldi, shartnoma qiymati 2,5 milliard dollarni tashkil etadi. Bu Amerika-Turkiya munosabatlarida jiddiy inqirozni keltirib chiqardi. Vashington Turkiyaga sanksiyalar hamda F-35 qiruvchilari loyihasidan chiqarib tashlash bilan tahdid qilib, bitimdan voz kechish va faqat Amerikaning “Patriot”larini xarid qilishni talab qildi. Anqara AQSh ultimatumlariga qaramasdan, 2019-yilda S-400 zenit raketa tizimlarining to‘rtta divizionini oldi (birinchisini).
Turkiya ikkinchi majmuani xarid qilish va mamlakatda eng ishonchli va zamonaviy havo hujumiga qarshi mudofaani shakllantirish niyatida. 2020-yil iyunida Turkiyaga S-400 zenit raketa tizimining ikkinchi majmuasi (polkini) yetkazib berish to‘g‘risida prinsial bitim imzolangan.
Hindiston 2018-yil oktabrida qiymati 5,43 dollar bo‘lgan S-400 ning beshta polk majmualarini yetkazib berishga shartnoma tuzdi. Dehli AQShning bosimlariga qaramasdan qat’ian qaror qilgan. “The Times of India” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya “Triumf”lari Hindistonning g‘arbiy, shimoliy va sharqiy hududlarida (Xitoy va Pokiston tomonidagi tahdidlarni inobatga olib) joylashtiriladi va mamlakat havo hujumiga qarshi mudofaa tizimida inqilobni keltirib chiqaradi. 2021-yil yanvariga qadar S-400 zenit raketa tizimidan foydalanish va jangovar qo‘llashni o‘rganish uchun 100 kishidan iborat hindistonlik mutaxassislar Rossiyaga keladi. Hindiston “Triumf” birinchi majmuasini 2021-yil oxiriga qadar qurollanishga olmoqchi. Rossiya barcha beshta S-400larni 2025-yilgacha yetkazib berishni rejalashtirapti.

Tantanali istiqbollar

Marokko, Qatar, Iroq “Triumf”larni xarid qilish borasida muzokaralar o‘tkazmoqda. Avvalroq Aljir, Vyetnam, Misr, Saudiya Arabistoni, jami 12 tadan ziyod mamlakat Rossiyaning S-400 zenit raketa tizimlarini xarid qilishga qiziqish bildirgandi.
Xorijdan kelib tushayotgan talab eksportchilar taklifidan oshmoqda (Rossiya Havo kosmik kuchlarining qayta qurollanishi ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda). AQSh dushmanlariga sanksiyalarlar orqali qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunga binoan (2017 yil avgust oyida prezident Donald Tramp tomonidan imzolangan) bu davlatlarga qarshi sanksiya joriy etishlari mumkin. Dunyodagi eng yaxshi havo hujumiga qarshi mudofaaga erishish yo‘lida hech narsa to‘xtata olmaydi.
“Triumf” tizimlari dunyoni o‘zgartirmoqda. Agar S-400 xarid qilsa, masalan, Iroq, AQShning Fors ko‘rfazi hududidagi avatashuvchilari umuman foydasiz o‘yinchoqqa aylanib qoladi. Vashingtonning o‘z dunyo qarashi konsepsiyasiga tuzatish kiritishiga, Eron bilan muloqot qilishda “uslubini qayta fikrlashiga” to‘g‘ri keladi. Bu allaqachon Iroqda ro‘y bermoqda.
Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Hindistondan S-400 uchun birinchi to‘lovni oldi
Iroqdagi AQSh elchixonasi va harbiy bazalari muntazam ravishda raketadan o‘qqa tutilmoqda. Amerika zenit raketa tizimlarni raketa hujumlarini qaytarishni uddasidan chiqmadi. Zalp o‘t ochish tizimlari snaradlari Bog‘dodning “yashil hududida” portlamoqda. Bu AQShni diplomatik xodimlarning katta qismini evaukatsiya qilish va iroqliklardan ular Rossiyadan xarid qilgan “Pansir-S”ni ijaraga olib turishlariga majburladi.
Ammo, keling, S-400 ZRKlarga qaytamiz. “Trium”ning muhim afzalliklari – radiolokatsiya stansiyasini har tomondan ko‘zdan kechirish va raketalarning to‘rt turini qo‘llashning tez o‘zgara olishi. Turli turdagi raketalardan foydalanish gipertovushli nishonni, jangovar aviatsiyani, dronlarni, qanotli, taktik va ballistik raketalarni 5 metrdan 30 kilometr balandlikda, uzoqlikda esa 2 kilometrdan 400 kilometrgacha a’lo darajada yo‘q qilishga imkon beradi.
Zenitnie raketnie sistemi S-400 Triumf - Sputnik O‘zbekiston
Iroq ham S-400 sotib olishga qaror qildi
“Triumf”ning bitta batareyasi 72 tagacha qaratilgan raketaga ega bo‘lishi va bir vaqtning o‘zida ulardan 36 tagacha nishonni o‘qqa tushishi mumkin. Bunda ular 4800 m/soniyagacha tezlikda uchishadi. S-400 tizimlari turli turdagi zenit raketa tizimlarini (S-300, Pansir-S1, Tor-M1) integratsiya qilishga va radioelektrga qarshi harakatning har qanday sharoitlarida havo hujumiga qarshi mudofaaning turli uzoqlikdagi tarmoqlarini boshqarishga qodir.
Shu bilan birga, 2021-yilda Rossiya qo‘shinlari inqilobiy S-500 tizimlarini oladi. U 200 kmgacha balandlikdagi urushlarga tayyor. Rossiyaning harbiy texnika hamkorligi bo‘yicha hamkorlari yangi navbatdan o‘rin olishlarining vaqti keldi.
Yangiliklar lentasi
0