Tabiiy gaz importi uchun 400 km quvur qurish talab etiladi - O‘ztransgaz

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishVentil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stansii
Ventil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tabiiy gaz importi uchun 400 km quvur qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish talab etiladi. Ayni damda 10dan ortiq tashkilotlar payvandchilari ushbu ishlar uchun tayyorlanmoqda.
TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. Ortib borayotgan ichki iste’mol talabini qondirish uchun tabiiy gaz importini yo‘lga qo‘yishga ruxsat berildi, dub xabar qildi “O‘ztransgaz” AJ matbuot kotibi Shahnoza Ravshanova AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda. 
Talimardjanskaya TES - Sputnik O‘zbekiston
Talimarjon IES: 2ta bug‘-gaz qurilmasida to‘xtash yuzaga keldi
Sir emaski bugungi kunda Respublika iste’molchilarini gaz bilan ta’minlashda muammolar mavjud. Ushbu muammolarga turli sabab va asoslar bor. O‘tgan yilda qabul qilingan "Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmlarini takomillashtirish to‘g‘risidagi" prezident qaroriga muvofiq ushbu muammolar hal qilina boshlandi. 
Birinchidan, 2021-yil oxiriga qadar tabiiy gazning yirik ulgurji iste’molchilari gazni birjadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Ikkinchidan, ortib borayotgan ichki iste’mol talabini qondirish uchun tabiiy gaz importini yo‘lga qo‘yishga ruxsat berildi.
Lekin, gazni import qilish uchun gaz transporti tizimni modernizatsiya qilish talab etiladi. Buni amalga oshirish uchun O‘ztransgaz tomonidan maxsus loyiha ishlab chiqarilgan. Unga ko‘ra AJ 400 kmdan ortiq gaz quvurini qurishi, ta’mirlashi va rekonstruksiya qilishi talab etiladi. 
Gazozapravochnaya stansiya - Sputnik O‘zbekiston
Bugun soat 15:00 dan bir qator gaz to‘ldirish shoxobchalari ishini to‘xtatadi
Ayni damda ushbu qurilish ishlarini amalga oshirish uchun gaz quvurlariga aloqador 10ta tashiklotning 400 nafarga yaqin payvandchilari attestatsiyadan o‘tmoqda. Jarayonga tajribali xorijiy mutaxassislarni taklif qilish ham nazarda tutilgan.
Ma’lumot uchun, “O‘ztransgaz” AJ Respublikada gazni transport qilish vazifasini bajaradi. Uning 14ta hududiy tashkiloti  va 8 mingdan ortiq xodimlari bor. O‘tgan yil aholiga 40 mlrd kub metr tabiiy gaz yetkazib berilgan. 
2020 yilning 1-iyulidan boshlab “O‘ztransgaz” AJ faqat to‘g‘ridan to‘g‘ri gaz ta’minoti tizimiga ulangan, IESlar, Issiqlik ta’minoti tarmoqlari va O‘zkimosanoat kabi tashkilotlarga tabiiy gaz yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.
“Xududgazta’minot” AJ esa, taqsimlash gaz ta’minoti quvurlariga ulangan ulgurji iste’molchilar, AGTKSh, g‘isht, sement va ohak ishlab chiqaruvchilar hamda aholiga bevosita gaz yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.
Yangiliklar lentasi
0