Dunyoda

Turkiyada jinsiy qullikda boʻlgan oʻzbekistonlik qizlar qutqarildi

© VALERY HACHE / AFPDevushka na doroge
Devushka na doroge - Sputnik Oʻzbekiston
Turkiyaning Izmir shahrida politsiya xodimlari Oʻzbekistondan kelgan ayollarni fohishalik bilan shugʻullanishga majburlagan jinoiy guruh aniqlandi.
TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Turkiyaning Izmir shahrida politsiya xodimlari Oʻzbekiston va yana 3ta davlatdan kelgan ayollarni fohishalik bilan shugʻullanishga majburlagan jinoiy guruh aniqlandi, deb xabar qildi Haberler turk nashri.
Xabarda aytilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari 6 kishini hibsga oldi. Ular izidan taxminan 4 oy davomida kuzatuv olib borilgan.
Maxsus operatsiya bir vaqtning oʻzida shaharning turli qismlarida amalga oshirildi. Politsiya Rossiya, Ukraina, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fuqarolari saqlangan bir nechta “priton-kvartiralar”ni topdi. Jami 8 nafar ayol qutqarildi, ular kaltaklanib, psixologik bosim orqali fohishalikka majburlangan.
Jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Ayollarni oʻz vataniga deportatsiya qilish masalasi hal qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader