Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Siyosat

Volodin amerika saylov tizimini keskin tanqid qildi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishPlenarnoye zasedaniye Gosdumы RF
Plenarnoye zasedaniye Gosdumы RF - Sputnik Oʻzbekiston
Amerika ijtimoiy tarmoqlaridagi bu singari behadlik Rossiyada yuz bermasligi muhim, deya ogohlantirdi Volodin.
TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Butun dunyoni demokratiya standartlariga oʻrgatuvchi AQSH hammasini oʻzi barbod qildi, deb bayonot qildi SSHA, kotorыe uchat ves mir standartam demokratii, sami vse perecherknuli, zayavil spiker Gosudmы Vyacheslav Volodin.
Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Donald Trampga ikkinchi marta impichment eʼlon qilindi – bu AQSH tarixidagi ilk holat
"Hamkasblar, yuz bergan voqealar yuzasidan yana bir bor mulohaza qilib koʻring. Amaldagi prezident uchun ovoz bergan 75 million nafar amerikaliklarni, uning tarafdorlarini fkndamental huquq - soʻz erkinligidan mahrum qilishdi", - dedi u bahorgi sessiya ochilishi vaqtida.
Parlament quyi palatasi raisi, amerikalik yetakchiga kommunikatsiyalarga dostupni yopib qoʻyishgani, u saylovchilar bilan yirik ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qilishdan mahrum etilgani, va bu sud qarori bilan roʻy bermaganini eslatib oʻtdi.
Amerika ijtimoiy tarmoqlaridagi bu singari behadlik Rossiyada yuz bermasligi muhim, deya ogohlantirdi Volodin.
Endilikda uzoq muddatli qamoq jazosi kutayotgan Vashingtondagi Kapitoliy shturmi ishtirokchilarini u siyosiy mahbuslarga qiyosladi.
Aktsiya protesta storonnikov Trampa v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Trampni boʻlisholmadi. AQShda prezident tarafdorlari va qarshi tomon oʻrtasida jang yuz berdi
"Hamma joyda sanktsiyalanmagan siyosiy aktsiyalar ishtirokchilari Vashington tomonidan erkinlik va demokratiya uchun kurashchilar deb atalgan. Xuddi shu holat Qoʻshma Shtatlarning oʻzida roʻy berganida, ular bu odamlarni ichki terrorchilar, deb atashdi, endi u insonlarni 15-20 yildan qamoq jazosi kutmoqda. Mana, haqiqiy siyosiy mahbuslar shular boʻladi. Hamma narsani oʻz nomi bilan atamoq kerak", - dedi Rossiya Davlat dumasi raisi.
Volodin amerika saylov tizimini arxaik, yopiq va jamiyat nazoratidan tashqarida, deya atadi.
"Agar kecha ularning bizning davlat va boshqa mamlakatlardagi saylov kampaniyalariga aralashuvi ular tajribalariga asoslangan demokratiyaning yuqori standartlarini joriy etish zarurati bilan niqoblangan boʻlsa, bugungi kunda Amerika Qoʻshma Shtatlarining oʻzida bu standartlar yoʻqligi hammaga ayon boʻldi", - dedi u.
Kandidat v prezidentы ot demokratov Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Bayden AQShni Yevropa qoʻgʻirchogʻiga aylantiradi
Spiker AQShda saylovlar xalqaro kuzatuvchilarining yagona va samarali instituti yoʻqligini qoʻshimcha qildi.
"Pochta orqali ovoz berish tanqidlarga dosh berolmaydi. Ovoz beruvchilarga byulletenlar joʻnatilishi nazoratdan tashqarida, bu byulletenlar boʻyicha kim va qachon ovoz berganligini tekshirib boʻlmaydi", - dedi u.
Bunday standartlar bilan amerikaliklar boshqa mamlakatlarga qandaydir shartlarni qoʻya olmaydi, deb hisoblaydi Davlat dumasi raisi.
"AQSH prezidentligiga saylovlarda umumiy saylovchilarning 62 foizidan koʻprogʻi ovoz berish jarayoni jamoatchilikdan yopiq tarzda oʻtdi. Bu demokratik davlatlarda amal qilgan qoidalarga va biz standart deb belgilagan talablarga mos kelmaydi. Bunday shaffof boʻlmagan saylov jarayoniga ega boʻlgan davlat boshqa mamlakatlarga saylov kampaniyalariga aralashish u yoqda tursin, biron narsani uqtirish huquqiga ega emas", - deya xulosa qildi u.
 
Plenarnoye zasedaniye Gosdumы RF - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya
AQSH MDH davlatlaridan ochiq va raqobatbardosh saylovlarni oʻrgansa boʻladi - Volodin
Volodin Davlat Dumasining Xalqaro masalalar boʻyicha qoʻmitasiga AQShdagi saylovlar paytida soʻz erkinligi bilan bogʻliq vaziyat yuzasidan xalqaro tashkilotlarga taklif tayyorlashni buyurdi.

Kutilayotgan saylovlar

Sentyabrda Davlat dumasi deputatligiga saylovlar boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. "Ularning shaffof, raqobatbardosh va qonuniy, milliy qonunchilikka qatʼiy amal qilingan holda oʻtkazilishi biz uchun muhim", - dedi Volodin.
Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v plenarnom zasedanii Gosdumы RF - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin 2024 yilgi saylovlarda prezidentlikka oʻz nomzodini qoʻyishga qarshi emasligini aytdi
U chet eldan aralashuvga urinishlarga yoʻl qoʻyilmasligi lozimligini taʼkidladi, ammo "ular avvalgidek aralashishda davom etadi". "Va bu jarayonlarning boshida Amerika Qoʻshma Shtatlari va uning NATOdagi ittifoqchilari turadi", - deb qoʻshimcha qildi Volodin.
Ammo davlat dumasida qancha partiya va fraktsiyalar boʻlishini rossiyaliklarning oʻzi hal qiladi, deya ishonch bildirdi Volodin. "Bizning chet eldan tez-tez tanqid qilinadigan partiyaviy-siyosiy tizim, bir narsasi bilan yoqmaydi: 20 yil davomida u oʻzining samaradorligini koʻrsatmoqda", - dedi Davlat Dumasi raisi.
Xulosa tariqasida, Volodin, Rossiya oʻzi bilan nasihatomuz ohangda gaplashishlariga yoʻl qoʻymasligini aytar ekan, bu gap ayniqsa, oʻz partiya-siyosiy tizimini degradatsiyaga olib kelganlarga tegishli, deya qoʻshimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala