O‘zbekiston YeOII bozorida to‘laqonli ishtirok etmoqchi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPloshad Drujbi narodov
Ploshad Drujbi narodov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston YeOII bozorida to‘laqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish meyorlarini ularning talablariga moslashtirish ishlarini jadallashtiradi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo bo‘lgan davlatlar bozorlarida to‘laqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish meyorlarini ularning talablariga moslashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtiradi. Bu haqda prezidentning 2021 uchun Davlat dasturi to‘g‘risidagi farmoni loyihasida aytilgan.
Yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan amaliy chora tadbirlar:
  • YeOII texnik reglament talablarini qabul qilish;
  • YeOII mamlakatlarida qabul qilingan 26 ta texnik reglamentlar asosida maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Bu bilan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish nazarda tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Aleksey Overchuk YeOII kelajakda O‘zbekiston ittifoqning to‘laqonli a’zosi bo‘lishiga umid bildirayotganini ma’lum qilgan edi.
2020 yil 11-dekabr kuni O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuzatuvchi maqomi mamlakatga majlislarda ishtirok etish, millatlararo tartibga solishning integratsiyalashuv muammolarini muhokama qilish huquqini beradi. Kuzatuvchi mamlakatlar qaror qabul qilish huquqiga ega emasligiga qaramay, Yevrosiyo ittifoqi hamkor mamlakatlar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.
Yangiliklar lentasi
0