Siyosat

Buxoro viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

© Ministerstvo yustitsii Respubliki UzbekistanMaxmud Shuxratovich Istamov naznachen prokurorom Buxarskoy oblasti.
Maxmud Shuxratovich Istamov naznachen prokurorom Buxarskoy oblasti. - Sputnik Oʻzbekiston
Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Mahmud Istamov Buxoro viloyati prokurori boʻldi.
TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston bosh prokurorining buyrugʻiga asosan adliya katta maslahatchisi Mahmud Istamov Buxoro viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Istamov 2019 yil 23 iyulidan Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mahmud Istamov 1979 yil 24 fevralda Buxoro shahrida tugʻilgan. 2000 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2000 yilda Adliya vazirligi Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmada bosh maslahatchi, boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
Zdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Buxoro shahar prokuroriga hayfsan eʼlon qilindi
2004—2005 yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazi rahbari, 2005—2006 yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish markazi boʻlimi boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2006 yildan Prezident devoniga ishga oʻtgan.
Jumladan, 2006—2011 yillarda Prezident devoni Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmatining Adliya va sud idoralari faoliyati masalalari boʻyicha inspektori, 2011—2014 yillarda Prezidenti devoni Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatining Adliya idoralari masalalari shoʻ’basining yetakchi inspektori, 2014—2017 yillarda Prezident devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish shoʻʼbasi mudiri boʻlgan.
2017 yil avgustiga qadar Prezident devoni Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunchilik shoʻʼbasi mudiri lavozimida faoliyat koʻrsatgan. Shu yil 14 avgustida adliya vaziri oʻrinbosari etib tayinlangan. 2019 yil yanvarida esa uning lavozimi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari darajasiga koʻtarilgan. 2019 yil 23 iyulida esa Istamov Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari lavozimiga saylangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader