Dunyoda

Melaniya Tramp Oq uyning 70 yillik anʼanasini buzdi

© REUTERS / Jonathan Ernst Prezident SSHA Donald Tramp s jenoy Melaniyey vo vremya kampanii v Djordjii
Prezident SSHA Donald Tramp s jenoy Melaniyey vo vremya kampanii v Djordjii - Sputnik Oʻzbekiston
Melaniya Tramp AQSH boʻlajak birinchi xonimi Jil Baydenni Oq uy boʻylab ekskursiyaga taklif qilishdan bosh tortdi.
TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Melaniya Tramp AQSH boʻlajak birinchi xonimi Jil Baydenni Oq uy boʻylab ekskursiyaga taklif qilishdan bosh tortib, 70 yillik anʼanani buzdi. Bu haqda LADbible portali xabar qildi.
Donald Tramp so svoyey jenoy Melaniyey - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“Donald - jangchi”: Melaniya Tramp erini qoʻllab-quvvatladi
Anʼanaga koʻra, ketishdan avval birinchi xonim turmush oʻrtogʻi prezidentligining soʻnggi kunlarida 2-3 qavatlardagi xonalar boʻylab ekskursiya uyushtiradi. 70 yil davomida AQSH prezidentlari rafiqalari boʻlajak birinchi xonimlar bilan choy ichib, ularga Oq uy "xoʻjaligi"ni topshiradilar. 4 yil oldin Melaniya oʻzi sobiq birinchi xonim Mishel Obama bilan choy bazmida mehmon boʻlib, prezident qarorgohi boʻylab sayr qilgan.
Taʼkidlanishicha, Melaniya birinchi xonimning lavozimidan 47 foiz maʼqullash reytingi bilan tark etadi, bu avvalgi xonimlarga qaraganda ancha past.
Bu anʼana 1952 yilda prezident Garri Trumenning rafiqasi Bess Trumen Duayt Eyzenxauerning rafiqasi Memi Eyzenxauerni Oq uy boʻylab ekskursiyaga taklif qilishidan boshlangan.
AQShning yangi prezidentining inauguratsiyasi 20 yanvar kuni boʻlib oʻtadi. Donald Tramp marosimda qatnashmasligini aytgandi. U inauguratsiyadan toʻrt soat oldin Vashingtonni tark etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala