Hodisalar

Yangi-Angren IESda yuz bergan portlash oqibatida uch kishi halok boʻldi

© Sputnik / Aleksandr Piragis / Fotobankka oʻtishSotrudnik MCHS vo vremya tusheniya pojara
Sotrudnik MCHS vo vremya tusheniya pojara - Sputnik Oʻzbekiston
Aniqlik kiritilishicha, vafot etgan va jarohat olganlar 5-energiya blokida profilaktika ishlarini olib borayotgan xizmat koʻrsatish xodimlari boʻlgan.
TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Yangi-Angren issiqlik elektr stantsiyasining profilaktika choralarini koʻrish uchun toʻxtatilgan 5-energiya blokida chang-koʻmirli havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilmoqda.
Mashina skoroy meditsinskoy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Koronavirusga chalingan bemorlarga yordam koʻrsatish markazida portlash yuz berdi
Rejali xizmat koʻrsatish paytida sodir boʻlgan hodisa natijasida uch kishi olingan jarohat sababli vafot etgan, yana uch kishi turli darajada kuyish tan jarohatini olgan.
Aniqlik kiritilishicha, vafot etgan va jarohat olganlar 5-energiya blokida profilaktika ishlarini olib borayotgan xizmat koʻrsatish xodimlari boʻlgan.
FVVning kuch va vositalari voqea joyida vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib bormoqda. Chaqnashning kelib chiqish sabablari boʻyicha surishtiruv ishlari boshlangan.
Hodisa natijasida Yangi-Angren issiqlik elektr stantsiyasining infratuzilmasi va texnologik uskunalariga shikast yetmagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala