Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Jahongir Otajonov prezidentlikka nomzodini qoʻyishini maʼlum qildi

© InstagramFontan iz deneg lishil Jaxongira Atadjanova litsenzii
Fontan iz deneg lishil Jaxongira Atadjanova litsenzii - Sputnik Oʻzbekiston
Sobiq qoʻshiqchi Jahongir Otajonov “Oʻzbekistonni Markaziy Osiyodagi eng gullab-yashnagan mamlakatga aylantirish” uchun bu yilgi prezident saylovlarida ishtirok etish niyati borligini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Sanʼat olamini butunlay tark etgan sobiq qoʻshiqchi Jahongir Otajonov navbatdagi Oʻzbekiston prezidenti saylovlarida oʻz nomzodini ilgari surmoqchi ekanini maʼlum qildi. Bu haqda uning Instagram sahifasida joylangan videomurojaatida soʻz borgan.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Jahongır_Rızo (@jahongir_atajanovs)

Otajonovning soʻzlariga qaraganda, internetda Oʻzbekistonda 2021 yil mart oyidan prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlari boshlanishini oʻqib qolgan. 
“Albatta, avval ham baʼzi videolarimda hazilga olib olib aytib qoʻyardim, lekin oʻzidan oʻzi hazil qilib qoʻyilmaydi. Ochiqdan ochiq aytaman, prezident boʻlish niyatim bor”, — deya fikrlari bilan oʻrtoqlashgan sobiq sanʼatkor.
“Men ham prezident boʻlaman va Oʻzbekistonning gullab-yashnashiga erishaman. Albatta, bu gapim bilan hozirgi davlat rahbariyatiga hech qanday eʼtiroz qilayotganim yoʻq, qilishga haqqim ham yoʻq. Zotan ular ham qoʻllaridan kelgan ishni qilishyapti. Bir narsaga erishish, albata, oson boʻlmaydi”, — deydi u
Otajonov hozirda xorijdaligini, yaqinda Oʻzbekistonga qaytib, saylovda qatnashish uchun nima qilish kerak boʻlsa, bajarishini bildirgan. Uning soʻzlariga qaraganda, kerak boʻlsa yangi partiya tuzadi.
“Mabodo bu safar ulgurmasam, keyin safar albatta boʻlaman”, - deya taʼkidlagan sobiq qoʻshiqchi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala