Jamiyat

Hafta oxirida havo keskin sovib ketadi: Energetika vazirligi bunga hozirmi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Energetika vazirining soʻzlariga koʻra, yanvar oyining soʻnggi oʻn kunligidagi isteʼmolchilarga 2 mlrd. 318,7 mln. kilovatt-soat elektr energiyasi, 1 milliard 163 million metr kub tabiiy gaz yetkazib beriladi.
TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov kutilayotgan sovuq ob-havo sharoitida aholini barqaror energiya va gaz bilan taʼminlash uchun barcha chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini maʼlum qildi.
Ushbu haftaning oxiriga kelib, Oʻzbekistonda sovuq ob-havoning yangi toʻlqini noldan past haroratgacha tushishi kutilmoqda.
Avtomobil proyezjayet pod pokrыtыmi snegom derevyami na Korsike  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Izgʻirin ob-havo hafta oxirida Oʻzbekistonga qaytadi
“Biz vaziyatdan yaxshi xabardormiz, mummolarni yengillashtirish, uy-joylar va ish joylarining barqaror energiya va gaz bilan taʼminlashga erishish uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshiryapmiz”, - dedi vazir AOKAdagi “Sovuq kunlarda aholini gaz, elektr energiyasi va koʻmir bilan taʼminlashda kuzatilayotgan muammolar” mavzusiga bagʻishlangan brifingda.
Amaldorning soʻzlariga koʻra, yanvar oyining soʻnggi oʻn kunligidagi isteʼmolchilarga 2 mlrd. 318,7 mln. kilovatt-soat elektr energiyasi, 1 milliard 163 million metr kub tabiiy gaz, 19 ming 210 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.
“Hozirgi kunda koʻmir omborlarida jami 156 ming 635 tonna  koʻmir va briket zaxirasi mavjud”, - deya qoʻshimcha qildi Sultonov.
Yangiliklar lentasi
0