Rossiya

Baydenga Rossiyaga qarshi sanktsiyalar samarasiz boʻlganini tan olish tavsiya qilishdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishBelыy dom v Vashingtone
Belыy dom v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
Gʻarb davlatlari orasida ommalashgan Rossiyaga qarshi sanktsiyalar siyosati samarasiz boʻlib chiqdi - Reno Jirard.
TOSHKENT, 21 yanv — Sputnik. Gʻarb davlatlari orasida ommalashgan Rossiyaga qarshi sanktsiyalar siyosati samarasiz boʻlib chiqdi. Figaro gazetasi geosiyosatshunos va sharhlovchisi Reno Jirard bunday fikrga keldi.
Posol Rossii v Vashingtone Anatoliy Antonov - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya
Antonov: Rossiyani jilovlab turish - AQSH siyosatining “alfa va omega”si hisoblanadi
Muallifning fikriga koʻra, uzoq vaqt davomida AQSH tashqi siyosatida ishlarning amaldagi holatida aniqlik va tushuncha yoʻq edi. Shuning uchun birinchi navbatda Bayden NATO ustavida aytilgan, ittifoqchi davlatga hujum sodir boʻlgan taqdirda AQShning aralashuvini nazarda tutadigan 5-moddasiga sodiqligini eʼlon qilishi kerak.
"Polsha va Boltiqboʻyi davlatlari ishonch qozonishi bilanoq, Vashington Moskvaga qarshi sanktsiyalar siyosati ish bermaganligini anglashga toʻgʻri keladi", - dedi Jirard.
Jurnalist Rossiyada gʻarbparast rejim oʻrnatilishiga umid bogʻlamaslikka chaqirdi. U Vashingtonga Moskvani oʻz tomoniga tortib olishga imkon beradigan yagona usulni koʻradi.
"Agar Bayden asta-sekin Rossiyani oʻz siyosati oqimiga yoʻnaltirmoqchi boʻlsa, unda bu faqat savdo va diplomatik murosaga kelish yoʻli bilan mumkin boʻladi", - deb hisoblaydi geosiyosatshunos.
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya va AQSH radikal islomizmga qarshi birgalikda kurashda, shuningdek, qurolsizlanish masalalarida umumiy fikrga kelishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala