Kamilov Osiyo davlatlarini turizmni rag‘batlantirishga chaqirdi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbirda Osiyoda mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirish borasida amalga oshirilayotgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
TOShKENT, 21 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov "Yangi xavfsiz va sog‘lom turizm" mavzusida videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan Osiyo hamkorlik muloqoti (OHM)ga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining XVII yig‘ilishida ishtirok etdi.
Vid na gorod Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya davridagi turizm: Abduhakimov 2021-yil bo‘yicha rejalarni ma’lum qildi
Tadbirda tuzilma bosh kotibi Pornchai Danvivatan(Pornchai Danvivatanning ) hisoboti tinglandi, OHMning boshqa tashkilotlar va xalqaro munosabatlarning subyektlar bilan aloqalari bo‘yicha meyoriy qoidalar tasdiqlandi hamda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.
Delegatsiyalar rahbarlari turizm sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, koronavirus pandemiyasi sharoitida xorijiy sayyohlarning xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta’minlashga qaratilgan yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishning muhim jihatlari, ularni hayotga tatbiq etish mexanizmlari haqida so‘z yuritildi.
Tashqi ishlar vaziri Kamilov o‘z nutqida COVID-19ga qarshi kurashishdan jahon iqtisodiyotini qayta tiklash, jumladan turizm sohasini rag‘batlantirishga faol tayyorgarlik ko‘rish bosqichiga o‘tish uchun qat’iy choralar qabul qilish va sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurligini ta’kidladi.
Rabota aeroporta Vnukovo - Sputnik O‘zbekiston
YeOII ichida transport qatnovi qachon to‘laqonli tiklanadi - Malkina izohi
O‘zbekiston TIV rahbari tadbir qatnashchilariga O‘zbekistonda turizm sohasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi. Xususan, sayyohlik qayta yo‘lga qo‘yilganidan keyin respublikaga kelgan xorijiy sayyohlar "turizmni yangi shaklda" – yanada xavfsiz, yanada rang-barang va yanada individual holda ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Tadbirda Osiyoda mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirish borasida amalga oshirilayotgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Shu nuqtayi nazardan, Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashning muhimligi qayd yetildi.
Tadbir yakunida Osiyoda hamkorlik muloqoti bo‘yicha tashqi ishlar vazirlar kengashi XVII yig‘ilishining Anqara deklaratsiyasi qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0