"Somon Eyr" O‘zbekistonga parvozlarni tiklamoqda - boshlanish sanasi va shartlar

© © Press-slujba "Somon Eyr"Somon Eyr predstavila novuyu uniformu dlya bortprovodnikov i pilotov
Somon Eyr predstavila novuyu uniformu dlya bortprovodnikov i pilotov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Somon Eyr" aviakompaniyasi Tojikistondan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni qayta tiklashini e’lon qildi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. "Somon Eyr" aviakompaniyasi Tojikistondan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni qayta tiklashini e’lon qildi.
Dushanbe - Toshkent - Dushanbe yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftada bir marta - juma kunlari amalga oshiriladi.
Aviakompaniya eng yaqin reysni kelasi juma, 29-yanvar kuni amalga oshirishni rejalashtirdi.
Dushanbedan jo‘nab ketish soat 10:30da, Toshkentdan esa mahalliy vaqt bilan soat 13:00da amalga oshiriladi.
Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston avia-parvozlarni qayta tiklamoqda
Dushanbe-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilmoqchi bo‘lgan Tojikiston fuqarolarida kelishidan 72 soat oldin amalga oshirilgan COVID-19 yo‘qligi haqida ma’lumotnoma (PSR-testi) bo‘lishi kerak.
Koronavirus alomatlari bo‘lgan va PSR-testining ijobiy natijasi bo‘lgan shaxslar reysga qo‘yilmaydi.
O‘zbekistonga kelgan barcha yo‘lovchilar Toshkent aeroportida yo‘lovchilar hisobidan koronavirus infeksiyasiga qarshi antitellarni aniqlash uchun ekspress-testdan o‘tishlari kerakligi ko‘rsatilgan. Ekspress-test natijasi ijobiy bo‘lgan yo‘lovchilar davolanish uchun kasalxonaga yotqiziladi.
Yangiliklar lentasi
0