Jizzaxda konteynerlar o‘g‘risi qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Yovuz niyatli kimsa qurilish ketayotgan joylardan konteynerlarni yuk mashinalarida o‘g‘irlab, keyinchalik ularni boshqalarga pullab kelgan
TOShKENT, 21 yanv - Sputnik. Jizzax viloyatida qurilish ketayotgan hududlardan konteynerlarni o‘g‘irlab, boshqalarga sotish "biznesini" yo‘lga qo‘ygan shaxs fosh qilindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
Chelovek v maske balaklavi. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Irkutskda o‘zbekistonlik yigit kassani o‘g‘rilardan saqlab qoldi - video
Xabarda aytilishicha, 2021-yilning 9-yanvar kuni 25 yoshli Bekmurod Sharof Rashidov tumani "Oltinsoy" mahallasi hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘li bo‘yida qurilish ishlari olib borilayotgan inshoot oldida turgan konteynerni Kamaz rusumli yuk mashinasiga ortib hodisa joyidan yashiringan.
Dastlabki tergov jarayonida, Bekmurod konteynerni boshqa bir fuqaroga 4 mln. 900 ming so‘mga sotib yuborganligi aniqlangan. Konteyner sotib olgan xaridordan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda Reks laqabli it o‘g‘rilar izidan tushib, jinoyatni fosh qildi
Bundan tashqari, Bekmurod jinoiy xatti-harakatlarini davom ettirib, 12-yanvar kuni tunda Sharof Rashidov tumani "Tuyoqli" mahallasi hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘li bo‘yida olib borilayotgan, bino qurilishiga oid bo‘lgan inshoot oldida turgan konteynerni, ZIL rusumli yuk mashinasiga ortib, o‘g‘irlab ketayotgan vaqtda "Sangzor-15" blok postida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Bekmurod B.,ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida Bekmurod B., jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0