Siyosat

Jo Bayden qasamyodddan soʻng qator muhim oʻzgarishlarni amalga oshirdi

© AP Photo / Saul LoebDjo Bayden vstupil v doljnost prezidenta SSHA
Djo Bayden vstupil v doljnost prezidenta SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Eslatib oʻtamiz, 78 yoshda boʻlgan demokrat Bayden AQShning 46-prezidenti boʻldi. U noyabrda boʻlib oʻtgan saylovlarda respublikachi Donald Tramp ustidan gʻalaba qozondi. Tramp Bayden inauguratsiyasida ishtirok etishdan voz kechdi
TOSHKENT, 20 yanv - Sputnik. Jo Bayden qasamyod qildi va AQSH prezidenti lavozimini bajarishga kirishdi.
Kapitoliy nakanune tseremonii inauguratsii Djo Baydena - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
AQSH Jo Baydenning inauguratsiyasiga qanday hozirlik koʻrmoqda
"Men, Jo Bayden, Qoʻshma Shtatlar prezidenti vazifalarini vijdonan bajarishga va Qoʻshma Shtatlar Konstitutsiyasini kuchim boricha qoʻllab-quvvatlashga, muhofaza qilishga va himoyalashga tantanali ravishda qasamyod qilaman", - deb aytdi Bayden chap qoʻlini Injilga qoʻygan holda.
Inauguratsiyasida qatnashgan qator oliy martabali mehmonlar, jumladan, saylangan vitse-prezident Kamala Xarris ham binafsha rangdagi liboslarni kiyganlar.
Eslatib oʻtamiz, 78 yoshda boʻlgan demokrat Bayden AQShning 46-prezidenti boʻldi. U noyabrda boʻlib oʻtgan saylovlarda respublikachi Donald Tramp ustidan gʻalaba qozondi. Tramp Bayden inauguratsiyasida ishtirok etishdan voz kechdi.
Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Nima boʻlsa ham Bayden. Revansh olishga Trampga nima xalal berdi
Shu vaqtgacha Bayden qator oʻzgarishlarni amalga oshirishga ulgurdi.
Xususan, payshanba kuni u Yaqin Sharq mamlakatlari vakillarining AQShga kirishiga taqiq qoʻygan, "Musulmonlarga taqiq" deb nom olgan qarorni bekor qildi.
2017 yilda Donald Tramp prezident sifatida Eron, Liviya, Suriya, Yaman, Somali, Sudan va Iroq fuqarolariga AQShga kirishni taqiqlagan edi.
Ammo Trampning ushbu qarori mahalliy darajadagi qator sud instantsiyalari tomonidan noqonuniy deb topilgach, hujjat tahrir qilingan, roʻyxatdan Iroq va Sudan olib tashlangan, ammo Chad va KXDR fuqarolari, shuningdek, Venesuela amaldorlari kiritilgan edi.
Shtab-kvartira VOZ v Jeneve. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH BSST bilan munosabatlarni uzmoqda, Rossiya va YEI bunga qarshi chiqdi
Shuningdek, AQShning yangi prezidenti Qoʻshma Shtatlarning Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkilotiga qaytishi toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.
Vashington tashkilotdan oʻtgan yilning yozida chiqqan edi – Tramp tashkilotni islohotlardan voz kechganlikda, shuningdek, pandemiya vaqtida notoʻgʻri harakat qilganlikda ayblagan.
Bundan tashqari, Bayden AQShni iqlim boʻyicha Parij bitimiga qaytardi va Meksika bilan chegarada devr qurilishini toʻxtatdi. Devorning bir qismi qurilib boʻlgan edi, Bayden qurilgan inshootni buzmoqchi emasligiga shama qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala