Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Hodisalar

Qashqadaryoda bir erkakning qornini qizigan kapkir bilan kuydirib qiynashdi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovMujchina pokazыvayet razbitыy kulak, arxivnoye foto
Mujchina pokazыvayet razbitыy kulak, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Aniqlanishicha, fuqaro Rossiyaga ishlashga ketganda uning xotini jabrlanuvchi bilan muloqotda boʻlib kelgan.
TOSHKENT, 21 yanv — Sputnik. Qashqardaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida bir fuqaro shafqatsizlarcha kaltaklangani yuzasidan jinoiy ish ochildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.
Fuqaro K.A. tuman 17 yanvar kuni tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda 15 yanvar kuni sinfdoshi A.Q. va uning turmush oʻrtogʻi G.A. oʻzlarining “Qurashayx” qishlogʻidagi yashash uyiga chaqirgani va  yerga kelganda uni shafqatsizlarcha kaltaklashganini bayon qilgan. Uning soʻzlariga koʻra, oyoq va qoʻllarini arqon ip bilan bogʻlab, yuz, bosh va son sohalariga tayoq bilan urishgan. Keyin kapkirni temir pechda qizdirib, uning qorin sohasiga bir necha marta bosib kuydirishgan.
SIZO - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Andijonda erkak soʻkingan qoʻshnisini ketmon bilan urib oʻldirdi
Tibbiy maʼlumotnomada K.A.da “bosh miya chayqalishi, boshning teppa va chap chakka sohasida qon quyilishi, boshining peshona sohasida ezilib yirtilgan yarasi, qorin pastki sohasi kuygan jarohati va boshqa tan jarohatlari” mavjudligi koʻrsatilgan
Mazkur holat yuzasidan Yakkabogʻ tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 110-moddasi 1-qismi (qiynash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida A.Q. Rossiyaga ishlashga ketgan vaqtida uning turmush oʻrtogʻi G.A. jabrlanuvchi K.A. muloqotda boʻlib kelganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, jarblanuvchi 15 yanvar kuni shifoxonaga murojaat qilgan vaqtida yuqoridagi janjalni yashirgani aniqlangan. U otdan yiqilib, uni ot sudrab ketganligini maʼlum qilgan. Keyin birinchi yordamni olib shifonadan chiqib ketgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala