Abdukamilov: bitiruvchi-atomchilar darhol oʻzbek AESi pultiga yaqinlashtirilmaydi

© SputnikShavkat Abdukamilov, nachalnik upravleniya nauki, innovatsii i podgotovki kadrov agenstva UzAtom
Shavkat Abdukamilov, nachalnik upravleniya nauki, innovatsii i podgotovki kadrov agenstva UzAtom - Sputnik Oʻzbekiston
"Oʻzatom" agentligining Ilm-fan, innovatsiyalar va kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi Shavkat Abdukamilov atom energetikasi boshqaruvi tizimiga toʻliq kirish imkoniyatiga ega boʻlishidan oldin atom sohasidagi yosh mutaxassislarni nimalar kutishi haqida gapirdi
Oʻzbekistonda 2028 yilga qadar Markaziy Osiyoda birinchi atom elektr stantsiyasini barpo etish rejalashtirilgan. Biroq, kadrlarni tayyorlash jarayoni ancha oldin boshlab yuborilgan. Xususan, kadrlar nafaqat Toshkentdagi NIYAU MIFI tomonidan, balki respublika oliygohlaridagi alohida muxsus fakultetlar tomonidan ham tayyorlanmoqda.
Rovenskaya atomnaya elektrostantsiya v Kuznetsovske, Ukraina - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda AES ishga tushsa boshqa respublikalarda ham qiziqish paydo boʻladi – ekspert
Shavkat Abdukamilovning soʻzlariga koʻra, atom energetikasi singari eng muhim sohada mutaxassislarni tayyorlash oliy taʼlim muassasasida olingan taʼlim bilan chegaralanmaydi - bu tayyorgarlikning birinchi pillapoyasidir, xolos.
"Bu, zinhor, atomchi-bitiruvchilar diplomlarini olganlaridan soʻng darhol AES energiya bloklarini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlishlarini anglatmaydi. Kadrlarni tayyorlash - uzluksiz jarayondir. Shu tarzda, yosh mutaxassislar qurilish jarayonida va ishga tushirish bosqichlarida faol ishtirok etishadi va ish mohiyatini oʻrganadilar. Bundan tashqari, Rossiyadagi shunga oʻxshash AESlarda, xususan, Novovoronejdagi AESda majburiy stajirovkalar rejalashtirilgan. Bulardan tashqari, birinchi blok ishga tushirilgandan soʻng, qurilayotgan ikkinchi blokning mutaxassislari oʻquv mashgʻulotlari maqsadida ishlayotgan reaktorda hamkasblari bilan birgalikda barcha harakatlarni mashq qiladilar", - deya izoh berdi "Oʻzatom" vakili.
Aytgancha, Oʻzbekistondagi boʻlajak AESning birinchi obʼyekti boshqaruv panelining toʻliq oʻlchamdagi modeliga ega oʻquv majmuasi boʻladi. Aynan ushbu trenajerda stantsiyaning boʻlajak operatorlari tajribali hamkasblari va muhandislar rahbarligida har qanday favqulodda vaziyatlarda oʻz harakatlarini mashq qilib, mahoratlarini oshirishadi.
Mamlakat atom sanoati faoliyati uchun kadrlar tayyorlash metodikasi haqida Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida rus tilida tinglang.
Abdukamilov: vыpusknikov-atomщikov nikto srazu ne dopustit k pultu AES
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala