Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Foto

Dunyodagi eng chiroyli yuzli model “xeyterlar” tanqidiga uchradi

Yanvar oyida isroillik model Yayel Shelbiya - Independent Critics talqiniga koʻra, dunyodagi eng chiroyli yuzli model deb tan olingan.
TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. Isroillik model Yayel Shelbiya - dunyodagi eng chiroyli yuzli model deb tan olingan. U tashqi qiyofasi sababli internetda keskin tanqidga uchragani yuzasidan shikoyat qildi, deb xabar qildi The Sun.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Yael Shelbia (@yaelshelbia)

Yanvar oyi boshida 19 yoshli isroillik model Independent Critics talqiniga koʻra - dunyodagi eng goʻzal 100 kishi roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi. Ovozlar soni boʻyicha model tailandlik xonanda Liza Manoban, avstraliyalik model Meyku Vullard va tayvanlik qoʻshiqchi Chjou Tsziyuni ortda qoldirdi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Yael Shelbia (@yaelshelbia)

Shelbiya taʼkidlashicha, ushbu maqom unga ayrim foydalanuvchilarning salbiy munosabatini olib kelmoqda.
"Men doimiy ravishda muxlislardan sevgi va qoʻllab-quvvatlashni olaman, lekin menga koʻp xabarlar keladi, tan olishim kerakki, ular ayrimlari – juda yoqimsiz. Xeyterlar tashqi qiyofam boʻyicha haqoratomuz izohlarni yozishadi, men bunga eʼtibor bermaslikka harakat qilaman", - dedi u.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Yael Shelbia (@yaelshelbia)

Shelbiya 16 yoshida model sifatida ish boshladi. Uch yilda u Dolce & Gabbana, Versace, L"Oreal, KKW Beauty, Kylie Cosmetics, FINNEY mobile va boshqa brendlar bilan hamkorlik qilishga erishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala