Eron aviakompaniyasi Samarqand va Buxoroga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAeroport v gorode Buxara, Uzbekistan
Aeroport v gorode Buxara, Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Transport vazirligida Eronning “Zagros Airlines” aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Zagros Airlines Samarqand va Buxoroga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi.
Bugun Transport vazirligida Eronning “Zagros Airlines” aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev va “Zagros Airlines” aviakompaniyasining O‘zbekistondagi bosh vakili Morteza Sheyxassani bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ikki davlat o‘rtasida muntazam havo qatnovlarini qayta tiklash masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, aviakompaniya vakillari yo‘nalishlar geografiyasini kengaytirish, tranzit salohiyatini rivojlantirish va parvozlar sonini oshirish bo‘yicha qator takliflarni bildirdi. Xususan, “Zagros Airlines” aviakompaniyasi Eronning turli shaharlaridan Samarqand va Buxoroga aviareyslar qo‘yish istagida ekanligini ma’lum qildi. 
Yangiliklar lentasi
0