Rossiyada mehnat migrantlarini olib kelish bo‘yicha maxsus mexanizm yo‘lga qo‘yildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishRabochie na stroitelstve jilogo kompleksa
Rabochie na stroitelstve jilogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkiyadan mehnat migrantlarini olib kelish bo‘yicha maxsus mexanizm yo‘lga qo‘yildi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Rossiyada mehnat migrantlarini olib kelish bo‘yicha maxsus mexanizm yo‘lga qo‘yildi.
Bu yerda Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkiyadan kelgan qurilish sohasidagi ishchilar haqida gap ketmoqda.
Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Irek Fayzullin so‘zlariga ko‘ra, mexanizm "qo‘lda boshqarish rejimida" ishlamoqda.
Rossiya qurilish kompaniyalari yoki hududlar endi ma’lum bir obyekt uchun migrantlarni olib kelish to‘g‘risida qurilish vazirligiga murojaat qilishlari mumkin. Kelishuv taxminan uch hafta davom etadi.
Chegaralar ochilgandan keyin Rossiyaga xorijiy ishchilarni kiritishning yangi mexanizmi yaratiladi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin epidemiologik talablarga rioya qilgan holda mehnat migrantlarini qurilish maydonlariga jalb qilishni 1-martga qadar soddalashtirish bo‘yicha hukumatga ko‘rsatma bergandi.
Yangiliklar lentasi
0