Analitika

"Ruslarning nozik joyiga uramiz": NATO nimani rejalashtirgan

© Sputnik / Denis Aslanov / Fotobankka oʻtishVoyennoslujaщiye SSHA.
Voyennoslujaщiye SSHA. - Sputnik Oʻzbekiston
Harbiy kontingentni oshirish, armiya infratuzilmasi qurilishi va xalqaro miqyosda yanada jipslashish - 2021 yilda NATO Rossiya gʻarbiy chegaralariga bosimni kuchaytiradi.
TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik, Andrey Kots. Harbiy kontingentni koʻpaytirish, armiya infratuzilmasining qurilishi va xalqaro miqyosda yanada jipslashish - 2021 yilda NATO Rossiyaning gʻarbiy chegaralariga bosimni kuchaytiradi. May-iyun oylarida alyans sovuq urush davridan buyon eng yirik Defender Europe 2021 manyovrlarini oʻtkazadi. Bunga javoban Rossiya va Belarus koʻlamdorligi jihatdan qolishmaydigan "Gʻarb-2021" hamkorlikdagi mashgʻulotlarni sentyabr oyida oʻtkazishni rejalashtirgan. Bularning barchasi nima bilan tugashi mumkinligi haqida — RIA Novosti materialida oʻqing.
Zvukoteplovoy kompleks avtomatizirovannoy artilleriyskoy razvedki Penitsillin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya armiyasi “Penitsillin” - yangi razvedka qurolini oldi

Jang maydoni — Yevropa

Defender Europe 2021da, avvalgidek, Sharqiy Yevropa va Boltiqboʻyida mudofaa va hujum harakatlari mashq qilinadi. Mashgʻulotlar afsonasiga koʻra, NATO qoʻshinlariga Kaliningrad viloyatiga shturm uyushtirish, Rossiya gʻarbiy viloyatlarini bloklashga, shuningdek, "ruslarning yoppasiga hujumini" qaytarishga toʻgʻri keladi. Oʻtgan yilgilardan farqli ravishda, 2021-yilda alohida eʼtibor Sharqiy emas, balki Janubiy Yevropaga qaratiladi. Manyovrlar Chernogoriya, Kosovo va Albaniyada rejalashtirilgan. Bolgariya va Ruminiyada Havodan hujumga qarshi mashgʻulotlar oʻtkaziladi va "yer - yer" sinfidagi raketalardan oʻt ochish amalga oshiriladi. Vengriya esa boshlanayotgan "urushning" orqa tomoni sifatida xizmat qiladi.
Amerikaliklar Yevropaga kuchlarning asosiy qismini koʻchiradi, jumladan 1-otliqlar va 82-havo-desant diviziyalari boʻlinmalarini. Atlantika okeanidan yuzlab turli maqsadlar uchun moʻljallangan harbiy texnikalar olib oʻtiladi. Bundan tashqari, Florida shtatidan 53-piyoda brigadasi yetkazib beriladi. Mashgʻulotlardan soʻng amerikaliklar baʼzi qurollarni yana Yevropada "unutib qoʻyishlari" ham istisno emas, bu birinchi bor sodir boʻlmayapti, axir. Mutaxassislar fikriga koʻra, shu tariqa Pentagon yildan-yilga mintaqadagi hujum imkoniyatlarini oshirib bormoqda.
Prezident Rossii Vladimir Putin provodit yejegodnuyu press-konferentsiyu - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Bunaqasi dunyoda hech kimda yoʻq - Putin yangi qurol haqida
Defender Europe 2021ga javoban Rossiya va Belarus sentyabr oyida "Gʻarb-2021" manyovrlarini oʻtkazadi. Dushanba kuni Belarus Mudofaa vaziri Viktor Xrenin maʼlum qilganidek, "qoʻshma mashqlar yuqori darajadagi shaharlashgan sharoitda birlashtirilgan hujum boʻlinmalari tomonidan qoʻshma harakatlarning yangi usullarini sinovdan oʻtkazish"ga, shuningdek, "yangi va modernizatsiya qilingan qurol va texnika namunalari samaradorligini baholash"ga imkon beradi.
Minskda, strategik manyovralar "kuchli ittifoqchilik munosabatlari va Belarus va Rossiyaning mudofaa idoralarining Ittifoq davlat harbiy xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qarashlari birligini" aks ettirishini qayd etishdi.

Kuchni koʻz-koʻz qilish

Ikkala tomon ham manevralar biron bir davlatga yoki harbiy blokga qarshi yoʻnaltirilmagani toʻgʻrisidagi odatdagi diplomatik iboralardan foydalanmadilar. NATO kuchlari tomonidan Kaliningradga hujum sahnasini mashq qilish va rus harbiy xizmatchilarining shaharda kechadigan janglarga tayyorlanishlari, kim kimga qarshi jang qilishini aniq namoyon etib turibdi. Albatta, keng koʻlamli qurolli toʻqnashuv ehtimoli juda kichik, ammo real.
Minoboronы opublikovalo video ispыtaniy raketы Sarmat - Sputnik Oʻzbekiston
Putin: dunyoda qurollanish poygasi boshlangan, Rossiya unga qoʻshilmaydi
Mutaxassislar fikriga koʻra, NATOning 2021 yildagi harakatlari AQShdagi hukumat almashuviga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Donald Tramp prezidentligining toʻrt yilida Shimoliy atlantika bloki birligi sezilarli kuchsizlandi. Oq uy egasi birinchi galda amerika manfaatlarini koʻzlashini yashirmas, va hatto alyansdan chiqish imkoniyati borligini ham istisno etmasdi. Bunday ohang Yevropada kuchli tashvishni keltirib chiqardi, yana bir bor YEI armiyasi haqidagi masala koʻtarildi. Yangi prezident, koʻrinib turibdiki, hammasini toʻgʻrilashga harakat qiladi.
"Rossiya va NATO oʻrtasidagi munosabatlar bu yil yomonlashib boradi, — deb hisoblaydi Geosiyosiy masalalar Akademiyasining birinchi vitse-prezidenti Konstantin Sivkov. — Bayden alyansni qayta tiklamoqchi va safarbar shay holatga keltirmoqchi. Buning uchun esa tashqi dushman kerak. Xitoy juda uzoq boʻlgani uchun, Rossiya bu rolga hammadan yaxshi mos keladi. Vashingtonga tashqi dushman obrazi amerika jamiyatini jipslashtirish uchun ham kerak".

Pul ishlash

Biroq, mutaxassislarning fikricha, aslida NATOning Rossiyaga qarshi aniq tajovuzkor rejalari yoʻq. Amerikaliklar uchun alyansning keyingi kengaytirilishi - bu pul ishlashning va Yevropani oʻziga yanada kuchliroq bogʻlashning usulidir. Vashington Trampgacha boʻlgan davrga qaytadi va Koʻxna dunyo ishlariga aralashuvni kuchaytiradi.
Voyennыe korabli Postoyannoy morskoy gruppы NATO-2 prinimayut uchastiye v voyennыx ucheniyax na Chernom more - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
NATO nima uchun Qora dengizga kirmoqchi?
"Meni nazdimda, 2021-yilda NATO harbiy tashkilotdan allaqanday global korporatsiyaga aylanayotganini namoyish etadi, — deya tushuntiradi amerikachi-siyosatshunos Sergey Sudakov. — Alyansning muhim masalasi avvalgidek hamon dolzarb — bu moliyalashtirish. Musiqani pulini toʻlagan buyuradi. Byudjetning uchdan ikki qismini AQSH taʼminlaydi, va bu hech kimga sir emas. Biz harajatlar uch million dollardan oshib tushganini yaxshi bilamiz. Va eng avvalo - Vashington tufayli. Yevropa davlatlari AQShdan postavkalarga umid qilishadi - hatto suxoy payoklargacha. Buni amerikaning ulkan mudofaa byudjeti qoʻllab-quvvatlaydi — NATO manfaatlarida harakat qiladigan korporatsiyalar juda ulkaye miqdorda daromad koʻrishadi".
Ekspert Shimoliy Atlantika alyansining bugungi faoliyatini bir choʻntakdan boshqasiga pul oʻtkazishga qiyosladi. Vashington NATOga pul ajratadi, ittifoqchilar bu mablagʻlarga Amerika texnikasi va qurollarini sotib olish uchun foydalanadi va shu bilan doira yopiladi.
Bayden davridagi AQSH Yevropa uchun harbiy mahsulotlar uchun asosiy bozorlardan biri boʻlib qoladi. Demak, okean ortidan Rossiyaga qarshi ritorika kuchayishini kutishimiz kerak. Ammo aksariyat mutaxassislar shunga aminki: Vashington va Bryussel dunyoda qudrati boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadigan armiya kuchini sinab koʻrishga jurʼat etolmasa kerak.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala