O‘zbekiston karatechilari Olimpiadaga tayyorlanmoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishKarate. Etap Premyer-ligi Karate1
Karate. Etap Premyer-ligi Karate1 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda O‘zbekistondan 3 nafar karatechi Olimpiadaga yo‘llanma olishi kutilmoqda.Ular Olimpiada reyting jadvaling kuchli 20 taligidan joy olgan.
TOShKENT, 22 yanv - Sputnik. O‘zbekiston karatechilari 2021-yilgi Olimpiada litseziyasini olish uchun bor kuch-g‘ayratlari bilan harakat qilmoqdalar, deb xabar qilmoqda Milliy Karate federatsiyasi. 
"Bu yil Olimpiada yili va karate sport turi tarixda ilk bor ushbu o‘yinlar tarkibiga kiritilgan. Hozirda o‘zbek karatechilari Olimpiada litseziyasini olish uchun bor kuch-g‘ayratlari bilan harakat qilmoqdalar", - dedi federatsiya rahbari Nurxon Nafasov.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ayni damda O‘zbekistondan 3 nafar karatechi Olimpiadaga yo‘llanma olishi kutilmoqda. Terma jamoa a’zosi Dostonbek Otabolayev Olimpiada reyting jadvaling 11-pog‘onasidan joy olgan va yana 2 nafar karatechi kuchli 20 talikda.
Undan tashqari 2021-yilning sentabr oyida Toshkent karate sport turining eng nufuzli Premyer-liga musobaqalari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Unda 60 ta davlatdan eng kuchli karatechilar ishtirok etishi kutilmoqda. Musobaqalar davomida Jahon va Osiyo karate federatsiyalari bilan muzokalar olib borish mo‘ljallangan. Muzokalarning mavzusi karate sport turini O‘zbekistonda 2025-yilda yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tishi mo‘ljallanayotgan Osiyo o‘yinlaridan o‘rin olish bo‘ladi.
 
Yangiliklar lentasi
0