Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya

Oʻzbekistonda fuqarolarni Moskvaga ishga jalb qilish faol olib borilmoqda 

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishInostrannыe rabochiye
Inostrannыe rabochiye - Sputnik Oʻzbekiston
Yanvar oxiriga qadar 4000 mingga yaqin kishini ishga qabul qilish rejalashtirilgan, ayni damda 500 kishi suhbatdan oʻtgan. 
TOSHKENT, 22 yanv - Sputnik. Shu kunlarda Rossiya qurilish kompaniyalari Oʻzbekistonda fuqarolarni Moskva va Moskva viloyatida ishga jalb qilish bilan faol shugʻullanmoqda. 
Rossiyaning yirik qurilish kompaniyalari yanvar oyining oxiriga qadar 4 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari bilan shartnoma tuzishni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Xususan, "PIK-Industriya" va "TexStroy" kompaniyasi vakillari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari bilan birgalikda Moskve va Moskva viloyatining qurilish obʼyektlarida ishlash uchun mutaxassislarni jalb qilmoqda. Ayni damda 500 kishi suhbatdan oʻtgan, oy oxirigacha 4 ming kishi bilan shartnoma tuzish rejalashtirilgan.
Migrantы na stroyke - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Rossiyaning yirik qurilish kompaniyalari quruvchilarni ishga taklif qilmoqda
Eslatib oʻtamiz, Rossiya rasmiylari Moskva qurilish obʼyektlarida ishchi kuchi yetishmayotgani tufayli ishlar toʻxtab qolgani haqida Rossiya rasmiylari bir necha bor aytib oʻtishgan edi. Ayni damda Oʻzbekiston va Tojikistondan kerakli mutaxassislikka ega boʻlgan ishchilarni tashkillashtirilgan tartibda ishga yollash kampaniyasi boshlab yuborilgan. 
Maʼlum boʻlishicha qurilish kompaniyalari 14 mingga yaqin ishchi yollashni rejalashtirgan. Ularga asosan montajchi-santexniklar, elektropayvandchilar, elektromontajchilar, gʻisht teruvchilar, armaturachilar, beton quyuvchilar va boshqa qurilish mutaxassislari kerak. 
Nomzodlar bilan suhbat Fargʻona, Samarqand va Urganch shaharlaridagi bandlik markazlarida oʻtkazilmoqda. Nomzodlar yoshi 21-50 orasida boʻlishi, rus tilini bilishi va kamida 1 yillik ish stajiga ega boʻlishi talab qilinadi. Ishga qabul qilinganlarga 60-100 ming atrofida maosh, yotoqxona, maxsus kiyim-kechak bilan taʼminlanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala