O‘zbekistonda fuqarolarni Moskvaga ishga jalb qilish faol olib borilmoqda 

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishInostrannie rabochie
Inostrannie rabochie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yanvar oxiriga qadar 4000 mingga yaqin kishini ishga qabul qilish rejalashtirilgan, ayni damda 500 kishi suhbatdan o‘tgan. 
TOShKENT, 22 yanv - Sputnik. Shu kunlarda Rossiya qurilish kompaniyalari O‘zbekistonda fuqarolarni Moskva va Moskva viloyatida ishga jalb qilish bilan faol shug‘ullanmoqda. 
Rossiyaning yirik qurilish kompaniyalari yanvar oyining oxiriga qadar 4 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari bilan shartnoma tuzishni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Xususan, "PIK-Industriya" va "TexStroy" kompaniyasi vakillari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari bilan birgalikda Moskve va Moskva viloyatining qurilish obyektlarida ishlash uchun mutaxassislarni jalb qilmoqda. Ayni damda 500 kishi suhbatdan o‘tgan, oy oxirigacha 4 ming kishi bilan shartnoma tuzish rejalashtirilgan.
Migranti na stroyke - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning yirik qurilish kompaniyalari quruvchilarni ishga taklif qilmoqda
Eslatib o‘tamiz, Rossiya rasmiylari Moskva qurilish obyektlarida ishchi kuchi yetishmayotgani tufayli ishlar to‘xtab qolgani haqida Rossiya rasmiylari bir necha bor aytib o‘tishgan edi. Ayni damda O‘zbekiston va Tojikistondan kerakli mutaxassislikka ega bo‘lgan ishchilarni tashkillashtirilgan tartibda ishga yollash kampaniyasi boshlab yuborilgan. 
Ma’lum bo‘lishicha qurilish kompaniyalari 14 mingga yaqin ishchi yollashni rejalashtirgan. Ularga asosan montajchi-santexniklar, elektropayvandchilar, elektromontajchilar, g‘isht teruvchilar, armaturachilar, beton quyuvchilar va boshqa qurilish mutaxassislari kerak. 
Nomzodlar bilan suhbat Farg‘ona, Samarqand va Urganch shaharlaridagi bandlik markazlarida o‘tkazilmoqda. Nomzodlar yoshi 21-50 orasida bo‘lishi, rus tilini bilishi va kamida 1-yillik ish stajiga ega bo‘lishi talab qilinadi. Ishga qabul qilinganlarga 60-100 ming atrofida maosh, yotoqxona, maxsus kiyim-kechak bilan ta’minlanadi.
Yangiliklar lentasi
0