Prezident xalq qabulxonalariga 2020 yilda bir milliondan ortiq murojaat kelib tushgan

© Ministerstvo yustitsii Uzbekistana Narodnaya priyemnaya prezidenta Uzbekistana
Narodnaya priyemnaya prezidenta Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan kiritilgan axborot va eshitilgan hisobotlar natijasida murojaatlar bilan talablar darajasida ishlamagan 752 nafar masʼul xodim javobgarlikka tortilgan.
TOSHKENT, 23 yanv - Sputnik. 2020 yilda Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga 1 million 196 ming 370dan ziyod murojaat (oyiga oʻrtacha 99,7 mingta, 1 kunda – 3,2 mingta) kelib tushgan, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Narodnaya priyemnaya - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident xalq qabulxonalari pandemiya davrida onlayn-rejimda faoliyat yuritmoqda
Ushbu murojaatlarning 58 foizi (693,9 ming) ijobiy hal qilish va huquqiy maslahat berish orqali yechimini topgan. 373,6 mingdan ziyod murojaat egasiga tushuntirish berilgan, qolgan murojaatlar koʻrib chiqish jarayonida.
Shuningdek, 2020 yilda aholidan quyidagi yoʻnalishlarda eng koʻp murojaatlar kelib tushgan:
- moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalar (2 yoshli, 14 yoshli bolalar nafaqasi) masalasi – 129 ming 472 ta
- ish bilan taʼminlash - 55 ming 203 ta
- uy-joy taʼminoti - 47 ming 307 ta
- aliment undirish - 44 ming 780
- karantin davrida moddiy yordam, oziq-ovqat va himoya vositalari bilan taʼminlash - 44 ming 293
- elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlar - 37 ming 874
- ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash va undirish - 24 ming 80
Predsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Valentina Matviyenko xalq qabulxonalari faoliyati bilan tanishdi
- yer maydoni ajratmaslik yoki olib qoʻyish - 20 ming 491
- maishiy gaz balloni bilan taʼminlash - 18 ming 588
- aholi uy-joylarini taʼmirlash - 15 ming 722.
2020 yilda fuqarolik ishlari boʻyicha sud qarorlaridan norozilikka oid murojaatlar 20 foizga, ichimlik suvi taʼminoti bilan bogʻliq murojaatlar 9 foizga, uy-joy bilan taʼminlash 3 foizga, yer maydoni ajratmaslik yoki olib qoʻyishga doir masalalar bilan murojaat qilish 2 foizga kamaygan.
Bitta ommaviy qabulda oʻrtacha 300 ga yaqin masala koʻrib chiqilgani, oʻrtacha 201 masala hal qilingan.
2020 yilda hududlarda qatʼiy karantin qoidalari asosida muntazam ommaviy qabullar tashkil qilingani pandemiya davridagi muammolarni birinchi boʻgʻinda aniqlash va ularga yechim topishda nihoyatda muhim platforma boʻldi.
Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan kiritilgan axborot va eshitilgan hisobotlar natijasida murojaatlar bilan talablar darajasida ishlamagan 752 nafar masʼul xodim javobgarlikka tortildi.
2020 yilda Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar ijrosi boʻyicha Xalq deputatlari kengashlari majlislariga Xalq qabulxonalari tomonidan 743 ta axborot kiritilgan. Unga koʻra 1 ming 759 nafar sektor yoki davlat idoralari rahbarlarining hisobotlari eshitilgan.
Narodnaya priyemnaya prezidenta Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Xalq qabulxonalari qay tarzda xonadonlarga kirib bormoqchi?
Kiritilgan axborotlar va eshitilgan hisobotlar natijasi boʻyicha 752 nafar masʼul xodim aholi murojaatlari bilan talablar darajasida ishlamaganligi uchun javobgarlikka tortilgan. Ularning 26 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 20 nafariga jarima qoʻllanilgan, 89 nafariga hayfsan eʼlon qilingan, 617 nafar masʼul xodimlar esa rasman ogohlantirilgan.
Prezident xalq qabulxonalari taqdimnomalarga asosan 3 ming 108 nafar masʼul xodim javobgarlikka tortilgan.
2020 yilda Xalq qabulxonalari tomonidan sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning uyma-uy yurish, murojaatlar bilan ishlash, ijtimoiy va boshqa obʼyektlarda aniqlangan muammolarni hal qilish borasidagi faoliyati tizimli oʻrganilib, koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan 3 ming 353 ta taqdimnoma kiritilgan. Taqdimnomalarga asosan 3 ming 108 nafar masʼul xodim javobgarlikka tortilgan, shundan 201 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 286 nafariga jarima qoʻllanilgan, 1 ming 467 nafariga hayfsan eʼlon qilingan, 1 ming 154 nafar masʼul xodim esa rasman ogohlantirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala