Prezident xalq qabulxonalariga 2020-yilda bir milliondan ortiq murojaat kelib tushgan

© Ministerstvo yustitsii Uzbekistana Narodnaya priyemnaya prezidenta Uzbekistana
Narodnaya priyemnaya prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan kiritilgan axborot va eshitilgan hisobotlar natijasida murojaatlar bilan talablar darajasida ishlamagan 752 nafar mas’ul xodim javobgarlikka tortilgan.
TOShKENT, 23 yanv - Sputnik. 2020 yilda Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga 1 million 196 ming 370dan ziyod murojaat (oyiga o‘rtacha 99,7 mingta, 1 kunda – 3,2 mingta) kelib tushgan, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Narodnaya priyemnaya - Sputnik O‘zbekiston
Prezident xalq qabulxonalari pandemiya davrida onlayn-rejimda faoliyat yuritmoqda
Ushbu murojaatlarning 58 foizi (693,9 ming) ijobiy hal qilish va huquqiy maslahat berish orqali yechimini topgan. 373,6 mingdan ziyod murojaat egasiga tushuntirish berilgan, qolgan murojaatlar ko‘rib chiqish jarayonida.
Shuningdek, 2020-yilda aholidan quyidagi yo‘nalishlarda eng ko‘p murojaatlar kelib tushgan:
- moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalar (2 yoshli, 14 yoshli bolalar nafaqasi) masalasi – 129 ming 472 ta
- ish bilan ta’minlash - 55 ming 203 ta
- uy-joy ta’minoti - 47 ming 307 ta
- aliment undirish - 44 ming 780
- karantin davrida moddiy yordam, oziq-ovqat va himoya vositalari bilan ta’minlash - 44 ming 293
- elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar - 37 ming 874
- ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash va undirish - 24 ming 80
Predsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko - Sputnik O‘zbekiston
Valentina Matviyenko xalq qabulxonalari faoliyati bilan tanishdi
- yer maydoni ajratmaslik yoki olib qo‘yish - 20 ming 491
- maishiy gaz balloni bilan ta’minlash - 18 ming 588
- aholi uy-joylarini ta’mirlash - 15 ming 722.
2020 yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorlaridan norozilikka oid murojaatlar 20 foizga, ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar 9 foizga, uy-joy bilan ta’minlash 3 foizga, yer maydoni ajratmaslik yoki olib qo‘yishga doir masalalar bilan murojaat qilish 2 foizga kamaygan.
Bitta ommaviy qabulda o‘rtacha 300 ga yaqin masala ko‘rib chiqilgani, o‘rtacha 201 masala hal qilingan.
2020 yilda hududlarda qat’iy karantin qoidalari asosida muntazam ommaviy qabullar tashkil qilingani pandemiya davridagi muammolarni birinchi bo‘g‘inda aniqlash va ularga yechim topishda nihoyatda muhim platforma bo‘ldi.
Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan kiritilgan axborot va eshitilgan hisobotlar natijasida murojaatlar bilan talablar darajasida ishlamagan 752 nafar mas’ul xodim javobgarlikka tortildi.
2020 yilda Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar ijrosi bo‘yicha Xalq deputatlari kengashlari majlislariga Xalq qabulxonalari tomonidan 743 ta axborot kiritilgan. Unga ko‘ra 1 ming 759 nafar sektor yoki davlat idoralari rahbarlarining hisobotlari eshitilgan.
Narodnaya priyemnaya prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Xalq qabulxonalari qay tarzda xonadonlarga kirib bormoqchi?
Kiritilgan axborotlar va eshitilgan hisobotlar natijasi bo‘yicha 752 nafar mas’ul xodim aholi murojaatlari bilan talablar darajasida ishlamaganligi uchun javobgarlikka tortilgan. Ularning 26 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 20 nafariga jarima qo‘llanilgan, 89 nafariga hayfsan e’lon qilingan, 617 nafar mas’ul xodimlar esa rasman ogohlantirilgan.
Prezident xalq qabulxonalari taqdimnomalarga asosan 3 ming 108 nafar mas’ul xodim javobgarlikka tortilgan.
2020 yilda Xalq qabulxonalari tomonidan sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning uyma-uy yurish, murojaatlar bilan ishlash, ijtimoiy va boshqa obyektlarda aniqlangan muammolarni hal qilish borasidagi faoliyati tizimli o‘rganilib, ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan 3 ming 353 ta taqdimnoma kiritilgan. Taqdimnomalarga asosan 3 ming 108 nafar mas’ul xodim javobgarlikka tortilgan, shundan 201 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 286 nafariga jarima qo‘llanilgan, 1 ming 467 nafariga hayfsan e’lon qilingan, 1 ming 154 nafar mas’ul xodim esa rasman ogohlantirilgan.
Yangiliklar lentasi
0