https://oz.sputniknews-uz.com/20210123/Rossiya-ukumati-23-yanvardagi-sanktsiyalanmagan-aktsiyalarda-ishtirok-etishdan-tiyilishga-chairdi-15847854.html
Rossiya hukumati 23 yanvardagi sanktsiyalanmagan aktsiyalarda ishtirok etishdan tiyilishga chaqirdi
Rossiya hukumati 23 yanvardagi sanktsiyalanmagan aktsiyalarda ishtirok etishdan tiyilishga chaqirdi
Kelishilmagan tadbirni oʻtkazishga urinishlar jamoat tartibiga tahdid sifatida baholanadi va darhol bostiriladi, deb aytdi Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi 23.01.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-01-23T08:52+0500
2021-01-23T08:52+0500
2021-01-23T09:13+0500
yangiliklar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/280/49/2804945_0:154:3076:1893_1920x0_80_0_0_ab22f0329095249a06add6f0cb0e115a.jpg
TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. Rossiya shaharlari va IIV organlari sanktsiyalanmagan norozilik aktsiyalarida ishtirok uchun javobgarlik haqida ogohlantirdi.Xususan, Moskva meri Sergey Sobyanin shanba kuni sanktsiyalanmagan aktsiyaning oʻtkazilishini noqonuniy deb bilishini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, huquqni muhofaza qilish idoralari 23 yanvar kuni poytaxtda qonun ijrosini taʼminlaydi.U shuningdek, tashkilotchilarga va sanktsiyalanmagan aktsiyalarda ishtirok etishni rejalashtirayotganlarga murojaat qilib, tadbirda ishtirok etishdan tiyilishni soʻradi."Ogohlantirishim lozimki, huquqni muhofaza qilish organlari shaharda kerakli tartibni taʼminlaydilar", - dedi mer "Rossiya 1" telekanali efirida.Moskva rahbari bu tadbirlarga bolalarni jalb qilishga urinishlarni orsizlik, deb atab, ota-onalardan eʼtiborli boʻlishni soʻradi.Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga koʻra, "bolalarni siyosiy bataliyalarga, boshqa variantlar ish bermay qolganda jalb qilishadi"."Sizning farzandlaringiz ushbu doʻzaxiy postanovkada oʻyinchoq boʻlib qolmasliklari uchun sizga bogʻliq boʻlgan barchasini amalga oshiring", - deb yozgan Zaxarova oʻzining Facebook dagi akkauntida.Shuningdek, RIA Novosti bilan suhbatda Moskva shahridagi bolalar huquqlari boʻyicha vakil Olga Yaroslavskaya "bolalarni siyosiy oʻyinlarga jalb qilinishiga" qarshi chiqdi.Shu bilan birga, Rospotrebnadzorda Moskvada shanba kuni oʻtkaziladigan sanktsiyalanmagan aktsiyadan soʻng 10-12 kun oʻtib koronavirus bilan bemorlanish holatlari ortishidan xavfsirashmoqda."Ommaviy tadbir shunga olib kelishi mumkinki, oradan 10-12 kun oʻtib biz shaharda kasalliklar soni keskin ortganiga guvoh boʻlamiz, bu bizni endigina voz kechgan cheklov choralarini qayta joriy etishga majbur qiladi", - dedi poytaxt Rospotrebnadzor boshqarmasi rahbari Yelena Andreyeva.Avvalroq RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml internetdagi 23 yanvar kunga belgilangan kelishilmagan mitinglarda qatnashishga chaqiriqlarni va boz ustiga unga yoshlarni va bolalar jalb etilishini yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat deb hisoblashini maʼlum qilgan edi.Shuningdek, Peskov, sal avval Kreml bu holat borasida chet eldan yangrayotgan tanqidlarga quloq solmasligini aytgandi.Sal avval bloger Aleksey Navalnыyning tarafdorlari internetda 23 yanvar kuni Navalnыyni qoʻllab-quvvatlash uchun sanktsiyalanmagan aktsiyalarni oʻtkazish boʻyicha chaqiriqlarni tarqatdilar. Bosh prokuratura xabar berishicha, huquqni muhofaza qilish idoralari profilaktika choralarini qabul qilishga shaylangan, agar asos boʻlgan taqdirda aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortishadi.Eslatib oʻtamiz, Aleksey Navalniy 17 yanvar kuni Moskvaning Sheremetyevo aeroportida GFR qaytganidan soʻng hibsga olingan.U Germaniyada taxminlarga koʻra zaharlanishdan davolangan. Sud qarori boʻyicha Navalnыy 30 kunga hibsga olingan va "Matrosskaya tishina" SIZOsiga olib borilgan.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210122/Evroparlament-Navalniy-tufayli-Rossiyaga-arshi-rezolyutsiyani-abul-ildi-15841045.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20201217/Bemor-ASh-makhsus-khizmatlari-kmagidan-foydalanadi--Putin-Navalnyy-aida-15620492.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20201005/Navalniy-kimning-loyiasi-va-uni-Rossiyada-nima-kutmoda-15118868.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/280/49/2804945_0:57:3076:1990_1920x0_80_0_0_7680b4f1d0eaae598c814c6b1793a363.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yangiliklar
Rossiya hukumati 23 yanvardagi sanktsiyalanmagan aktsiyalarda ishtirok etishdan tiyilishga chaqirdi
08:52 23.01.2021 (yangilandi: 09:13 23.01.2021) Kelishilmagan tadbirni oʻtkazishga urinishlar jamoat tartibiga tahdid sifatida baholanadi va darhol bostiriladi, deb aytdi Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi
TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. Rossiya shaharlari va IIV organlari sanktsiyalanmagan norozilik aktsiyalarida ishtirok uchun javobgarlik haqida ogohlantirdi.
Xususan, Moskva meri Sergey Sobyanin shanba kuni sanktsiyalanmagan aktsiyaning oʻtkazilishini noqonuniy deb bilishini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, huquqni muhofaza qilish idoralari 23 yanvar kuni poytaxtda qonun ijrosini taʼminlaydi.
U shuningdek, tashkilotchilarga va sanktsiyalanmagan aktsiyalarda ishtirok etishni rejalashtirayotganlarga murojaat qilib, tadbirda ishtirok etishdan tiyilishni soʻradi.
"Ogohlantirishim lozimki, huquqni muhofaza qilish organlari shaharda kerakli tartibni taʼminlaydilar", - dedi mer "Rossiya 1" telekanali efirida.
Moskva rahbari bu tadbirlarga bolalarni jalb qilishga urinishlarni orsizlik, deb atab, ota-onalardan eʼtiborli boʻlishni soʻradi.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga koʻra, "bolalarni siyosiy bataliyalarga, boshqa variantlar ish bermay qolganda jalb qilishadi".
"Sizning farzandlaringiz ushbu doʻzaxiy postanovkada oʻyinchoq boʻlib qolmasliklari uchun sizga bogʻliq boʻlgan barchasini amalga oshiring", - deb yozgan Zaxarova oʻzining Facebook dagi akkauntida.
Shuningdek, RIA Novosti bilan suhbatda Moskva shahridagi bolalar huquqlari boʻyicha vakil Olga Yaroslavskaya "bolalarni siyosiy oʻyinlarga jalb qilinishiga" qarshi chiqdi.
Shu bilan birga, Rospotrebnadzorda Moskvada shanba kuni oʻtkaziladigan sanktsiyalanmagan aktsiyadan soʻng 10-12 kun oʻtib koronavirus bilan bemorlanish holatlari ortishidan xavfsirashmoqda.
"Ommaviy tadbir shunga olib kelishi mumkinki, oradan 10-12 kun oʻtib biz shaharda kasalliklar soni keskin ortganiga guvoh boʻlamiz, bu bizni endigina voz kechgan cheklov choralarini qayta joriy etishga majbur qiladi", - dedi poytaxt Rospotrebnadzor boshqarmasi rahbari Yelena Andreyeva.
Avvalroq RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml internetdagi 23 yanvar kunga belgilangan kelishilmagan mitinglarda qatnashishga chaqiriqlarni va boz ustiga unga yoshlarni va bolalar jalb etilishini yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat deb hisoblashini maʼlum qilgan edi.
Shuningdek, Peskov, sal avval Kreml bu holat borasida chet eldan yangrayotgan tanqidlarga quloq solmasligini aytgandi.
Sal avval bloger Aleksey Navalnыyning tarafdorlari internetda 23 yanvar kuni Navalnыyni qoʻllab-quvvatlash uchun sanktsiyalanmagan aktsiyalarni oʻtkazish boʻyicha chaqiriqlarni tarqatdilar. Bosh prokuratura xabar berishicha, huquqni muhofaza qilish idoralari profilaktika choralarini qabul qilishga shaylangan, agar asos boʻlgan taqdirda aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortishadi.
Eslatib oʻtamiz, Aleksey Navalniy 17 yanvar kuni Moskvaning Sheremetyevo aeroportida GFR qaytganidan soʻng hibsga olingan.
U Germaniyada taxminlarga koʻra zaharlanishdan davolangan. Sud qarori boʻyicha Navalnыy 30 kunga hibsga olingan va "Matrosskaya tishina" SIZOsiga olib borilgan.