Siyosat

Ispaniya qiroli Oʻzbekistonga tashrif buyurish istagini bildirdi

© Sputnik / Xavyer Luengo / Fotobankka oʻtishKorol Ispanii Filipp VI
Korol Ispanii Filipp VI  - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston bosh vazir oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov Ispaniya qiroli Filipp VI qabulida boʻldi.
TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. Ispaniya qiroli Filipp VI pandemiya bilan bogʻliq vaziyat yumshaganidan soʻng Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan borish istagi borligini bildirdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbout xizmati xabar qilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, Ispaniya qiroli Filipp VI tomonidan “Palacio Real de Madrid” saroyida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari sharafiga rasmiy qabul tashkil etilgan.
Oʻzbekiston bosh vazir oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov Ispaniyaga tashrifi doirasida qirol Filipp VI qabulida boʻlgan.
© Press-slujba Goskomturizma UzbekistanaPredstaviteli diplomaticheskix missiy na torjestvennom priyeme u korolya Ispanii
Predstaviteli diplomaticheskix missiy na torjestvennom priyeme u korolya Ispanii - Sputnik Oʻzbekiston
Yuzma-yuz suhbatda Aziz Abduhakimov Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda oʻzbek xalqi nomidan Ispaniya qiroli va uning oila aʼzolari, shuningdek,  ispan xalqiga salomini yoʻllab, samimiy tilaklarini yetkazgan. 
Qirol Filipp VI, oʻz navbatida, 2017 yilning iyun oyida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammiti doirasida Ostona shahrida Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvini iliq xotiralagan.
“Ispaniya qiroli bugungi kunda Ispaniya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar uzoq tarixga ega ekani, olti asr ilgari Ispaniya qiroli elchisi Rui Gonsales de Klavixoning Samarqandga amalgi oshirgan tashrifi va Amir Temur bilan uchrashuviga borib taqalishini aytdi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlarining davomi sifatida Oʻzbekiston tomonidan Ispaniya kompaniyasining “Talgo” rusumli poyezdlari sotib olingani, ular asosiy turizm shaharlarini bogʻlayotgani hamda yana yangi ikki poyezd olib kelish kabi rejalar qirolda katta qiziqish uygʻotdi”, - deydi Aziz Abduhakimov.
Shuningdek, Ispaniya qiroli pandemiya bilan bogʻliq vaziyat yumshaganidan soʻng Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan borish istagi borligini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala