Ispaniya qiroli O‘zbekistonga tashrif buyurish istagini bildirdi

© Sputnik / Xavyer Luengo / Mediabankka o‘tishKorol Ispanii Filipp VI
Korol Ispanii Filipp VI  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Ispaniya qiroli Filipp VI qabulida bo‘ldi.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Ispaniya qiroli Filipp VI pandemiya bilan bog‘liq vaziyat yumshaganidan so‘ng O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan borish istagi borligini bildirdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbout xizmati xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Ispaniya qiroli Filipp VI tomonidan “Palacio Real de Madrid” saroyida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari sharafiga rasmiy qabul tashkil etilgan.
O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Ispaniyaga tashrifi doirasida qirol Filipp VI qabulida bo‘lgan.
© Press-slujba Goskomturizma UzbekistanaPredstaviteli diplomaticheskix missiy na torjestvennom priyeme u korolya Ispanii
Predstaviteli diplomaticheskix missiy na torjestvennom priyeme u korolya Ispanii - Sputnik O‘zbekiston
Yuzma-yuz suhbatda Aziz Abduhakimov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda o‘zbek xalqi nomidan Ispaniya qiroli va uning oila a’zolari, shuningdek,  ispan xalqiga salomini yo‘llab, samimiy tilaklarini yetkazgan. 
Qirol Filipp VI, o‘z navbatida, 2017-yilning iyun oyida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammiti doirasida Ostona shahrida Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvini iliq xotiralagan.
“Ispaniya qiroli bugungi kunda Ispaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar uzoq tarixga ega ekani, olti asr ilgari Ispaniya qiroli elchisi Rui Gonsales de Klavixoning Samarqandga amalgi oshirgan tashrifi va Amir Temur bilan uchrashuviga borib taqalishini aytdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarining davomi sifatida O‘zbekiston tomonidan Ispaniya kompaniyasining “Talgo” rusumli poyezdlari sotib olingani, ular asosiy turizm shaharlarini bog‘layotgani hamda yana yangi ikki poyezd olib kelish kabi rejalar qirolda katta qiziqish uyg‘otdi”, - deydi Aziz Abduhakimov.
Shuningdek, Ispaniya qiroli pandemiya bilan bog‘liq vaziyat yumshaganidan so‘ng O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan borish istagi borligini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0