Makgregor Poryening kuchli zarbalaridan yerga quladi – video

Obuna bo‘lish
Abu-Dabida UFC 257 musobaqasining asosiy jangi Konor Makgregor va Dastin Porye o‘rtasida kechdi. Porye 2-raunddayoq Makgregorni dahshatli nokautga uchratdi.
Birlashgan Arab Amirliklaridagi “Jangchilar oroli”da UFC 257 musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Muxlislar intiqlik bilan kutgan jang irlandiyalik Konor Makgregor va amerikalik Dastin Porye o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Xabib Nurmagomedov - Sputnik O‘zbekiston
Habib Nurmagomedov Makgregorning mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi
Birinchi raundda Makgregor ustunligini namoyish etdi. Biroq ikkinchi raundda Porye qulay fursatni poylab, ketma-ket zarbalar bilan Konorni chalg‘itib qo‘ydi. U kuchli zarbalarga dosh berolmasdan, yerga quladi. Hakam esa jangni to‘xtatib, texnik nokaut qayd etdi.
Shu tariqa Porye Konordan qasos olishga muvaffaq bo‘ldi. Makgregor va Porye 2014-yilda yuzma-yuz kelgan edi. O‘shanda Konor amerikalik jangchini birinchi raundning ikkinchi daqiqasida nokautga uchratgan edi.
Yangiliklar lentasi
0