Sport

Mahmud Murodov gʻalabasidan soʻng UFC prezidentiga nima dedi

Maxmud Muradov
Maxmud Muradov - Sputnik Oʻzbekiston
Murodov amerikalik raqibini texnik nokautga uchratgan soʻng oktagondan sakrab chiqib, UFC prezidenti Dana Uaytga murojaat qildi.
TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. UFC bilan shartnoma imzolagan ilk oʻzbekistonlik sportchi Mahmud Murodov UFC prezidenti Dana Uaytdan nega uning Instagram sahifasiga hozirgacha obuna boʻlmaganini soʻradi. Bu haqda Dana Uayt UFC 257 turniri yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Matbuot anjumani davomida jurnalistlardan biri undan jangdan soʻng Murodov nega uning Instagram sahifasini kuzatib bormayotgani haqida soʻragani rostmi deya savol berdi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot ufc (@ufc)

“Men unga seni endi kuzatib boraman dedim”, - deya buni tasdiqladi UFC prezidenti.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Mahmud Murodov Abu-Dabida boʻlib oʻtgan UFC 257 musobaqasida amerikalik Endryu Sanchesni texnik nokautga uchratib, uchinchi gʻalabasiga erishgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala