Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII-O‘zbekiston hamkorlik “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishFlag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES)
Flag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorlik masalasi yuzasidan 2021-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” loyihasi atroflicha muhokama qilinib, tasdiqlandi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Posol RF v Uzbekistane Vladimir Turdenev - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya elchisi: O‘zbekiston YeOIIga a’zoligi - mustaqillik yo‘qotilishiga olib kelmaydi
Unda Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasining YeOII bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhi rahbari Akmal Saidov, ishchi guruh a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Ishchi guruhining maqsadi - YeOIIga a’zolikning ijobiy va salbiy jihatlarini chuqur tahlil qilish, milliy iqtisodiyotga ta’sirini o‘rganish, boshqa xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik istiqbollariga o‘zaro bog‘liqligini har tomonlama ko‘rib chiqish.
Dastlab yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomadan kelib chiqib, 2021-yilda YeOII bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganishni tashkil etish, O‘zbekistonning YeOIIga kuzatuvchi maqomida ushbu miintaqaviy tuzilmaning keng imkoniyatlaridan har tomonlama foydalanish yo‘llarini qidirish Qonunchilik palatasida tuzilgan mazkur ishchi guruhning asosiy vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish ishtirokchilari O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomini olganligi hamda ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlar bozorlarida to‘laqonli ishtirok etishi uchun hamkorlikning huquqiy tartibga solish mexanizmlarini chuqur o‘rganish, milliy texnik tartibga solish meyorlarini YeOII talablariga moslashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligini ta’kidlashdi. YeOII bilan O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik ishlarini samarali tashkil etish maqsadida 2021-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” loyihasi atroflicha muhokama qilinib, tasdiqlandi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan tuzilgan mazkur ishchi guruhi yig‘ilishida bildirilgan taklif va mulohazalarni tegishli mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlarga yetkazish va ijrosi ustidan parlament nazoratini o‘rnatishga oid aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0